Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev Ar-Riyod şahrida podşoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari Abdulla ar-Robiya bilan uçraşdi.

Markazning Özbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qiliş va soğliqni saqlaş sohalarida amalga oşirilayotgan dasturlardagi iştiroki yuzasidan fikr almaşildi. 

Xususan, Özbekiston aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun oçiq yurak jarrohligi va stentlar örnatiş böyiça qiymati 3 million dollarlik loyihani amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.