Viloyat hokimi boşçiligidagi delegatsiyaning joriy yil yanvar oyida Xitoyga amaliy taşrifi davomida ötkazilgan muzokaralarda erişilgan kelişuvlar doirasida uşbu kompaniyalar viloyat hududida qator investitsion loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.
Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonida faoliyat olib boruvçi yirik Rongjiang sarmoya guruhi Farğona şahridagi Ekoşahar hududida köp qavatli turar joylar majmuasi barpo etiş loyihasiga investitsiya yönaltirmoqda, şuningdek Farğona va Xitoy örtasida özaro savdo kölamini kengaytiriş maqsadida Farğonada Xitoy Transport-logistika markazini taşkil etiş loyihasi ustida iş olib bormoqda. Rongjiang guruhining viloyatdagi loyihalari rahbari etib tayinlangan Tszyao Minsyan, turar joy majmuasi qurilişiga may oyida start berilişini bildirdi.
Xitoyda 26 ta aeroportni qurib foydalanişga topşirgan hamda boşqaruvini amalga oşirayotgan Tianjin Qiyuan Airport Construction kompaniyasi vakillari bilan Farğona xalqaro aeroportini davlat-xususiy şeriklik asosida modernizatsiya qiliş va boşqariş masalasi muhokama qilindi.
Asia Fuji Changlin Elevator kompaniyasi rahbari Yan Van Şun, yuqori tejamkor texnologiyalarga asoslangan issiqlik energiya stansiyasi barpo etiş loyihasi böyiça öz konsepsiyalarini viloyat hokimiga taqdim etdi.
Farğona şahri hududida köp qavatli zamonaviy turar joy majmuasi barpo etiş loyihasi ustida iş olib borayotgan Jiansu kompaniyasi vakillari Van Li Fey hamda Çen Şin Jong loyihani amalga oşiriş jarayonlari haqida ma’lumot berdi.













