Mamlakat elçixonasi tomonidan kuvaytlik işbilarmon doira vakillari uçun Özbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyatiga bağişlangan taqdimotlar ötkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Taqdimotlar doirasida mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni liberallaştiriş va taşqi savdoni rivojlantiriş, xorijiy investorlar uçun yaratilgan biznes imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir iştirokçilariga şu yilning 2-3 may kunlari III Toşkent xalqaro investitsiya forumi bölib ötişi ma’lum qilindi.
Kuvaytlik işbilarmonlar Özbekistonning öziga xos ta’mi va sifati yuqori bölgan meva-sabzavot va quritilgan mevalarni import qilişga qiziqiş bildirdi.
Şuningdek, ular Özbekistonning çekka tumanlari va qişloqlarida ham amalga oşirilişi rejalaştirilgan tibbiyot va ta’lim sohasidagi loyihalarda iştirok etişdan manfaatdor ekanligini bildirdi.













