Labitnangi sudi Aleksey Navalniy onasining hibsda vafot etgan muxolifatçiga notöğri tibbiy yordam körsatgani uçun koloniya va Federal jazoni ijro etiş xizmatiga qarşi ma’muriy da’vosini rad etdi. Bu haqda 21 mart, payşanba kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi direktori Ivan Jdanov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, sud «bunday da’voda faqat Aleksey Navalniy da’vogar bölişi mumkin» va «Lyudmila Ivanovnaning huquqlari buzilmagan» deb javob bergan.

Jdanov Telegram’da Lyudmila Navalnayaning da’vo arizasida «uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan qaysi biri javobgarlar tomonidan buzilgani körsatilmagan» deyilgan sud xati skaneridan parçani e’lon qildi. «Bunday şaroitda ma’muriy iş yuritiş tugatilişi mumkin», deyiladi javobda.

«Aleksey koloniyalarga tibbiy yordam körsatilmagani uçun köp marta da’vo arizasi bilan çiqqan. Da’volar rad etilgan, - deb eslatdi Jdanov. - Endi u öldirildi, da’vo esa qarindoşlariga istehzoli izohlar bilan rad etilmoqda». 

Mart oyi boşida Kovrov şahar sudi Vladimir viloyatining Melexovo qişloğidagi koloniyaga nisbatan öşa yerda jazoni ötagan Aleksey Navalniyning ölimi bilan boğliq da’volar böyiça işni töxtatdi.