BMT Xavfsizlik kengaşida 22 mart, juma kuni AQŞ tomonidan Ğazo sektorida zudlik bilan öt oçişni töxtatiş böyiça kiritilgan rezolyutsiya loyihasi muhokama qilindi.
Rezolyutsiya loyihasida «tinç aholini har tomondan himoya qiliş, muhim gumanitar yordam körsatiş va insonlar azobini yengillaştiriş uçun zudlik bilan öt oçişni töxtatiş zarurligi» ta’kidlangan.
Ğazo sektoridagi uruş böyiça AQŞ kursining özgarişi
Qöşma Ştatlar taklif qilgan hujjat Vaşingtonning kursi özgarganini bildiradi. 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroilning yaqin ittifoqçisi bölgan Qöşma Ştatlar BMT Xavfsizlik kengaşida öt oçişni töxtatiş rezolyutsiyalariga uç marta veto qöygan. Biroq Ğazo sektorida tinç aholi qurbonlari soni ortib borayotgani va oçarçilik tahdidi fonida u Isroilga bosimni kuçaytirdi.
BMTdagi rossiyalik diplomatlar Amerika rezolyutsiyasini tanqid qildi, çunki ularning fikriça, unda öt oçişni töxtatişga aniq çaqiriq yöq. Rasmiy Moskva matnni «ikkiyuzlamaçilik» deb atadi.
Isroilning boş vaziri Binyamin Netanyahu asosiy ittifoqçisining qöllab-quvvatlovisiz ham Rafah şahriga quruqlik hujumini davom ettirişini aytgan. AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlaşiça, bunday amaliyot töğri yeçim emas.
Rasmiy Vaşington öz pozitsiyasining özgarişini HAMAS tomonidan garovga olingan 253 nafar isroillikning ozod etilişiga kömaklaşiş bilan izohlagan.
Rossiya va Xitoy loyihaga veto qöygan bölsa-da, 15 ta a’zoga ega kengaşdagi 11 davlat uni yoqlab ovoz berdi. Jazoir qarşi ovoz berdi, Gayana esa betaraf qoldi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik kengaşi tomonidan rezolyutsiya qabul qilinişi uçun Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari – AQŞ, Rossiya, Fransiya, Britaniya va Xitoy tomonidan veto qöyilmagan taqdirda, uning 15 a’zosidan kamida töqqiztasi tomonidan qöllab-quvvatlanişi kerak. BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalari xalqaro huquq nuqtayi nazaridan majburiydir.
Şu sababli otaşkesimga çaqiruvçi yangi hujjat böyiça ovoz beriş duşanba kuniga qoldirildi. Rossiyaning BMTdagi elçisi Vasiliy Nebenzia matnni «öta siyosiylaştirilgan» deya tanqid qilib, unda Isroilning Rafahga rejalaştirgan hujumining oldini oliş uçun heç narsa yöqligini aytdi. AQŞning BMTdagi elçisi Linda Tomas-Grinfild Rossiya va Xitoyning harakatlarini «çuqur beadablik» deb atadi.













