"Dunyo" xabariga köra, 2024 yil 12 yanvardan buyon diplomat Ço Txe-yul rahbarlik qilib kelayotgan Janubiy Koreya Taşqi işlar vazirligida 54 yoşli Kim Xi-sang iqtisodiy diplomatiya bilan şuğullanadi.

U Seul milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti bitiruvçisi va Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) xalqaro huquq magistri hisoblanadi. 1993 yildan Taşqi işlar vazirligi tizimida, markaziy apparatda ham, xorijda ham işlagan. 2022 yil 24 noyabr kuni Kim Xi-sang Toşkentdagi elçi sifatida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga işonç yorliqlarini topşirgan edi.

2024 yilning 14 mart kuni Taşqi işlar vazirligida Janubiy Koreya elçisi bilan xayrlaşuv uçraşuvi bölib ötdi.