Dastlabki ma’lumotlarga köra, joriy yilning 21 mart kuni Uçtepa tumanida 2014 yilda tuğilgan T.M. qöşnisi 2014 yilda tuğilgan X.K. bilan özaro kelişmovçilik natijasida urişib turgan vaqtida T.M.ning otasi E.M. ularni özaro janjalini kuzatib, bolalarni ajratiş örniga aksinça, öğli T.M.ga qöşnisi X.K.ni urişiga imkon yaratgan va özi ham urişga kömaklaşib, bolalar bir-birini kaltaklaşiga şaroit yaratgan va janjalni davom ettirişga öğlini majbur qilgan.
Aniqlanişiça, voyaga yetmagan T.M. va X.K. özaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja oliş uçun tibbiy muassasaga murojaat etiş zarurati bölmagan.
Hozirda holat yuzasidan Uçtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilib, bolaning otasi E.M.ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortiş masalasi örganilmoqda.
Holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berilişi aytilgan.













