Aprel oyida havo haroratining keskin kötarilişi davom etadi. Hududning katta qismida aprel oyining örtaça harorati mart oyiga nisbatan 5-7 darajaga yuqori böladi. Respublikaning şimoli va çöl hududlarida havo tezroq isiydi, bunda örtaça harorat mart oyidagi körsatkiçlardan 8-10 darajaga yuqori böladi. Bu haqda Özgidromet prognozlarini e’lon qildi.

Bu yil aprel oyi quruq va örtaça iliq ob-havo bilan boşlanadi. Birinçi beş kunlikda havo 15-20 daraja iliqqaça isiydi, keçalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida böladi. Bu davrda respublikaning toğoldi va toğli hududlarida yoğingarçilik bölişi ehtimoli köproq. Tekislik hududlarida asosan yoğingarçiliksiz ob-havo böladi, faqat Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida 2-3 aprel kunlari yomğir yoğişi mumkin.

Oyning birinçi ön kunligining ikkinçi yarmida harorat asosan keçalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq böladi. Ikkinçi va uçinçi ön kunliklarda harorat keçalari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 25-30 darajagaça özgarib turadi. Oylik yoğingarçilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida böladi.