Kinoning san’atdan sanoatga ötişi yaxşi tendensiya, lekin bu sifatning tuşişi, ommaviy etikaning buzilişi hisobiga bölmasligi kerak. Oxirgi yillarda mahalliy ijodkorlar tomonidan işlanayotgan kino, film va novellalarning aksariyatida ssenariy sayoz, voqea hamda aktyorlar bir xil, ayrimlarida fahş sahnalar mavjud, oila davrasida körib bölmaydigan holatga kelib qolgan. Xöş, kinobozor nega nazoratsiz? Jarayonning töğri nazoratga solinişi uçun nima qiliş kerak? Kun.uz muxbiri Kinematografiya agentligi matbuot kotibiga ayni şu kabi savollar bilan yuzlandi.

Xususiy kinostudiyalar tomonidan tayyorlanib, ommaviy namoyiş etilayotgan filmlar nazoratdan ötkaziladimi?

Sayfulla Rajabov, Kinematografiya agentligi matbuot kotibi:

- Xususiy telekanallar va kinostudiyalar tomonidan tayyorlanayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda bevosita mahsulot sifatida joylanayotgan media kontentlarni agentlik nazorat qilmaydi.

Mahsulotlarning ijodiy darajasi, badiiy saviyasi, mentalitet va tomoşabinga mosligi borasida jiddiy e’tirozlar mavjud: oila davrasida körişga yaramaydigan sahnalar, saviyasiz syujyetlar tez-tez közga taşlanmoqda. Bu tanqidlarni inkor eta olmaymiz. Biroq xususiy studiyalar va xususiy telekanallar hamkorligida suratga olinayotgan serial, film va novellalarni nazorat qiliş Kinematografiya agentligi vakolatiga kirmaydi, bunga huquqiy asos yöq. Ular xususiy studiya tomonidan tayyorlanadi, telekanal mablağ ajratadi va kanalning badiiy kengaşi körib çiqqanidan keyin mahsulot efirga uzatiladi. Bu holatda sifat va saviyaga telekanal hamda kinostudiya rahbariyati mas’ul böladi.

Sanoatga aylanayotgan mahalliy kinobozorda taklif etilayotgan media mahsulotlarini Kinematografiya agentligi filtrdan ötkazmasa, buning nazoratini kim qiladi?

- Ayni kunlarda ijodiy jarayonlarga xalaqit qilmagan va ijodkorlarga zarar yetkazmagan holda nazorat qiliş mexanizmlarini işlab çiqiş ustida işlayapmiz. Bu borada takliflarni şakllantiryapmiz.

Agentlik faoliyati nimalardan iborat özi?

- Kinematografiya agentligi asosan badiiy, hujjatli, animatsion filmlar va subsidiya mablağlariga telekanallar bilan hamkorlikda seriallar yaratadi. Şuningdek, davlat buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film va seriallarni töliq nazorat ostiga oladi. Işçi guruh, ekspertlar kengaşi hamda badiiy kengaş tomonidan ssenariylar bir neça bosqiçda tahlil qilinadi, mos kelmaydigan jihatlar aniqlansa, kinoni işlaşga ruxsat berilmaydi. Faqat yuqori saviyadagi, bugungi kun talablari va tomoşabin didiga mos ssenariylar asosida suratga oliş jarayonlarini taşkil etişga harakat qilyapmiz.