Özbekistonda xizmat körsatgan artist Matyoqub Matçonov Kinematografiya agentligi binosida fuqaroni haqorat qilgani uçun jarimaga tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Sud hujjatlariga köra, Matyoqub Matçonov 2025 yil 15 yanvar kuni Kinematografiya agentligi binosida böla turib, E.Yöldoşevni ötkazilayotgan tadbirga xalaqit berişi vaji bilan binoga kiritmasligi yuzasidan kelişmovçilik yuz bergan. Natijada aktyor uni turli sözlar bilan haqorat qilib, şa’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan.

Matçonovning ma’lum qilişiça, u Yöldoşev bilan ança yillardan buyon taniş va uning arizasiga asosan Kinematografiya agentligida tekşiriş işlari olib borilmoqda. Yöldoşev öz arizasida Matçonovni Badiiy kengaş a’zosi sifatida davlat buyurtmasi asosida tasvirga olingan kinolarda rol ijro etgani va bu manfaatlar töqnaşuvi ekanini körsatib ötgan.

15 yanvar kuni E.Yöldoşev Kinematografiya agentligiga kelganida, qorovullar uni içkariga kiritmagan va örtada tortişuv yuz bergan. Buni körgan Matyoqub Matçonov u bilan gaplaşib olmoqçi bölgan, Yöldoşevni ança yillardan beri tanigani uçun unga gapirgan, keyinroq esa uni haqorat qilgan.

Sud majlisida söralgan jabrlanuvçi E.Yöldoşev Kinematografiya agentligining moliyaviy faoliyatidagi kamçiliklarni örganiş maqsadida Boş prokuraturaga ariza bilan murojaat qilgani, örganiş şaffof bölişi uçun u ham agentlikka kelgani, lekin binoga kiritilmaganini aytgan.

Jabrlanuvçi Matçonov bilan suhbatini telefon apparatida diktofonga yozib olgan va uni IIBga bergan.

22 yanvar kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi qarori bilan Matyoqub Matçonov Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasida (haqorat qiliş) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga BHMning uç baravari (1 million 125 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, 2023 yil mart oyida Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida «Konstitutsiya özimizniki» tarğibot tadbirida sözga çiqqan Matyoqub Matçonov qamoqda ötkazgan kunlarini yodga olib, u yerdagi kunlarini duşmaniga ham ravo körmasligini aytgan edi. 2016 yilda Matçonov rahbarlik qiladigan tijorat taşkilotiga soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş, savdo qoidalarini buziş kabi ayblovlar qöyilgan va u qamalgan edi. Aktyor öşa yilning oktyabr oyida amnistiya bilan ozodlikka çiqarilgan.