Toşkent viloyatining Bekobod tumanida 1996 yilda tuğilgan ayol köp qavatli uyning 5-qavatidan tuşib ketib, vafot etdi. U turmuş örtoği tomonidan muntazam zöravonlikka uçrab kelgan.
Kun.uz’ning aniqlik kiritişiça, holat 27 mart kuni keçki soat 21:30 lar atrofida ijaraga olingan uyda sodir bölgan. Hodisa guvohi bölgan qöşnilarga köra, ayol pastga tuşib ketişi oldidan “Yaşaşni istamayman, kaltaklaringdan töyib ketdim”, deya baqirgan. Qöşnilar yordam beriş maqsadida xonadonga yugurib çiqişgan. Ammo xonadon eşigi qulflangan bölgan.
Şifoxonaga olib borilgan ayol körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Ayolga uç marta, sönggi bor 2024 yilning 6 mart kuni himoya orderi berilgan. Unda keltirilişiça, tazyiq ötkazilgan yoki zöravonlik sodir etilgan taqdirda er va ayolning bir xonadonda bölişi taqiqlangan.

Marhumaning yaqinlari ayolning ölimida uning eri aybdor deb hisoblaşmoqda.
“Singlimga oldin ham himoya orderi berilgandi. Ammo şunday bölişiga qaramay turmuş örtoği kelib, tazyiq ötkazaverdi. Avvalroq yana himoya orderi berişgan. Singlimni avvaliga kaltaklab, keyin iç kiyimida pastga taşlab yuborgan. Bu ötaketgan vahşiylik”, deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan marhumaning akasi.

Ayolning 2 nafar farzandi – 6 va 2 yoşli qizlari hodisa sodir bölgan vaqtda bobosining uyida bölişgan.
Kun.uz muxbiri hodisani örganiş maqsadida Bekobod tumanida böldi. Tuman prokuraturasi tergovçisi hodisa böyiça izoh bermasligini, batafsil ma’lumotni Toşkent viloyat prokuraturasidan oliş mumkinligini ma’lum qildi.
Hodisa tafsilotlari haqida tez kunda Kun.uz’da batafsil tanişişingiz mumkin.












