Boğdod tumani Samarqand qişloğida oddiy oilaning ikki farzandi Farğona şahridagi prezident maktabiga öqişga kirgan. Daromadi novvoyçilikdan bölgan ota-ona farzandlari kamoli uçun tinmay mehnat qiladi. “Imorat qurmasak-da, bor mablağimizni öğillarimizning bilim olişi uçun sarflayapmiz, ular novvoyxonada qiyinçilikni his qilib ulğayişdi”, deydi ota.
Eng yaxşisi farzand uçun qilingan sarmoya
“Katta öğlim Ixtiyorjon va örtança öğlim Islomjon Farğona şahridagi prezident maktabida öqiydi. Bundan juda xursandmiz, baxtli ota-onalarmiz. Prezident maktablari birinçi marta oçilganida toşkentlik bolaning intervyusini körib havas qilgandim. Şundan keyin Farğonada ham oçilib qoladi deb harakatni boşladik, öğillarim tayyorgarlik köra boşlaşdi.

Imtihon paytida öğillarimizdan köra biz köproq hayajonlandik. Holatni ta’riflab beriş qiyin. Çunki oddiy novvoyning farzandlari ham ana şunday maktabda öqiy olişiga işonmagandik. Har ikki öğlimning ham prezident maktabiga kirişi hayajonli bölgan. Qöşnilarimizgaça farzandlarimiz haqqiga duo qilib turişdi.


Bolalar yoşligi qiyinçiliklar bilan ötdi. Oltiariqda işlardik, bolalarni esa Boğdoddagi maktabga berganmiz, buvisinikida turişardi. Tezroq uy-joy qilib, bolalar yoniga boraylik, deb novvoyxonada tinim bilmay işlardik. Ixtiyor öğlim 2-sinf bölganida köçib keldik.
Bolalarimiz hali maktabga çiqmasidan avval novvoyxonada yaşardik, öşa yerda bir xona uy bölardi, örtasiga mato bilan bölib, bir tomonida non yopardik, bir tomonida yaşardik. Lekin şunda ham bolalar öqişiga e’tiborni susaytirmadik, dars qildirdik, maktabga çiqmasidan öqişlarni örganib olişgandi. Öziga işonçini orttiriş uçun sport tögaragiga ham berdik. Endi esa ikki öğlim prezident maktabida öqişadi. Bolalarim qiyinçiliklarni his qilib katta bölgani uçun hali şunday yaxşi uylar qilamiz, çet ellarga sayohat qildiramiz, deyişadi”.
Öğillarimni novvoyxona “ulğaytirdi”














