Toşkent şahri Içki işlar boş boşqarmasi telefon qönğiroği orqali asosan qariyalarga nisbatan qilinayotgan firibgarlikning yangi turi paydo bölganidan ogohlantirdi.

Bunda noma’lum şaxs qönğiroq qilib, baqirib yiğlagan ovozda «ona (yoki ota) men «avariya»ga uçradim, bu mening aybim bilan sodir böldi. Jabrlanuvçi oğir ahvolda, uni zudlik bilan operatsiya qiliş kerak, meni qamab qöyişmoqçi», degan mazmunda gapiradi. Söng boşqa şaxs özini tergovçi deb taniştirib, yaqin qarindoşi, qizi yoki nabirasi avariya sababçisi bölganini, hozir jinoyat işi qöğatiş va qamoqqa oliş çoralari körilayotganini aytib qörqitadi. Söngra, jinoyat işini qözğatmaslik maqsadida göyo yöl transport hodisasi jabrlanuvçisi bilan kelişiş uçun pul beriş kerakligini aytadi. Söng jinoiy guruh a’zolaridan biri jabrlanuvçining uyiga yuboriladi. 

Kuryyer yetib kelib, pullarni olib ketadi. U yuzini körsatmaslik uçun tibbiy niqob, oçki yoki parik taqqan böladi. Kuryyer pullarni olib ketganidan söng ham telefonda gaplaşayotgan jinoyatçilar vaqt çözadi va bu orada voqea joyidan qoçib qolişga harakat qiladi. 

Qayd qilinişiça, bunday jinoiy guruh a’zolarining bir neçtasi uşlangan. Ularning bir nafari Qozoğiston, ikki nafari Qirğiziston fuqarosidir. Holat böyiça Jinoyat kodeksining 168-modasi (Firibgarlik) va 165-moddasi (Tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatgan. 

Toşkent şahri IIBB şunday qönğiroq bölganda, darhol telefonni öçirib, farzand bilan şaxsan boğlanib, holatni tekşirişni söramoqda.