Turkiyaning muhim şaharlari, jumladan Istanbul, Anqara va Izmirda mer saylovlarida muxolifatdagi Xalq-respublika partiyasi (XRP) nomzodlari yetakçilik qilmoqda. Bu haqda turk OAV 31 mart, yakşanba kuni bölib ötgan ovoz berişning dastlabki natijalariga tayanib xabar berdi. 

Daily Sabah gazetasining yozişiça, muxolifatdan bölgan Istanbul hokimi Ekrem Imomöğli byulletenlarning 99,86 foizi sanab çiqilgaç, 51,05 foiz ovoz töpladi. Ikkinçi örinda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) nomzodi Murat Kurum 39,6 foiz ovoz bilan. 

Anqarada saylov byulletenlarining 99,66 foizi qayta işlangaç, 60,34 foiz ovoz bilan amaldagi mer, muxolifatçi Mansur Yavaş yetakçilik qilayotgani ma’lum böldi. Uning asosiy raqibi, ATP vakili Turğut Oltinok 31,73 foiz ovoz töpladi. 

Izmirdagi saylovlarda, byulletenlarning 99,09 foizi qayta işlangaç, muxolifat vakili Jyemil Tugay 48,88 foiz ovoz bilan birinçi örinni egalladi. Agar u ğalaba qozonsa, şahar meri lavozimida partiyadoşi Tunç Soyyerni almaştiradi. ATP nomzodi Hamza Dag 37,11 foiz ovoz oldi. 

Imomöğli, Yavaş va Tögay mansub bölgan XRP nomzodlari mamlakat böylab 20 dan ortiq viloyatda umumiy dastlabki örinlarda. Turkiyada munitsipal saylovlarda saylovçilarning iştiroki 78,4 foizni taşkil etdi. 

Istanbul meri saylovda ğalaba qozonganini e’lon qildi 

60 milliondan ortiq Turkiya fuqarolari merlar va boşqa munitsipal siyosatçilar saylovida qatnaşiş imkoniga ega böldi. Ovoz beriş 20 yillik hokimiyatdan söng ötgan yili qayta saylangan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning saylovçilar örtasidagi maşhurligi sinovi sifatida körilmoqda. 

Imomöğlining Istanbul merligi saylovlarida ğalaba qozonişi uning bölajak prezidentlik saylovlarida Erdöğanning ehtimoliy raqibi sifatidagi mavqeyini mustahkamlaşi kutilmoqda. Imomöğli allaqaçon şahar rahbari etib qayta saylanganini ma’lum qilgan. «Biz milliondan ortiq ovoz bilan birinçi örindamiz... Saylovda ğalaba qozondik», dedi u jurnalistlarga.