19 yoşli sportçi Özbekiston şaxmatçilari orasida reyting böyiça rekord sohibi hisoblanadi.
Özbekistonlik şaxmatçi Nodirbek Abdusattorov mart oyi yakunlari böyiça FIDE reytingida (Elo reytingi) törtinçi öringa kötarildi.
U 2765 oçko töplab, amaldagi jahon çempioni, xitoylik Din Lijyen (2762) va boşqa maşhur şaxmatçilardan özib ketdi.

Dunyo reytingida köp karra jahon çempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen 2830 oçko bilan birinçi örinda joylaşgan. Amerikalik şaxmatçilar Hikaru Nakamura (2789) va Fabiano Karuana (2803) undan keyingi örinlarni egallagan.
19 yoşli Nodirbek Abdusattorov Özbekiston şaxmatçilari orasida reyting böyiça rekord sohibi hisoblanadi. Ungaça faqat Rustam Qosimjonov eng yuqori natijani körsatib, 2715 oçko bilan 11-örinni egallagan.
Elo reyting tizimi ikki öyinçi iştirok etadigan sport turlarida öyinçilarning nisbiy kuçini hisoblaş usulidir. U vengriyalik/amerikalik fizika professori Arpad Elo tomonidan işlab çiqilgan.
Şaxmatda Elo reytingi sportçilarning bir-biriga qarşi öyinlari natijasiga köra hisoblanadi. Elo reyting tizimi şaxmatçilarni töqqiz toifaga ajratadi: eng yuqori toifa 2600 balldan boşlanadi, eng quyi sinf 1200 va undan pastroq reytingga töğri keladi.













