Zarba vaqtida safida Avstraliya, Britaniya va Polşa fuqarolari, şuningdek AQŞ va Kanada fuqaroligiga ega bölgan falastinliklar WCK logotipi örnatilgan ikkita zirhli avtomobilda va yana bir transport vositasida Ğazo sektori böylab harakatlanayotgandi.
Guruh öz harakatlarini Isroil mudofaa armiyasi bilan muvofiqlaştirganiga qaramay, karvon Dayr-al-Balah şahridagi omborxonaga Ğazoga dengiz orqali yetkazilgan 100 tonnadan ortiq oziq-ovqatni taşlab çiqayotganida öqqa tutilgan, deyiladi WCK xabarida.
«Bu nafaqat WCK taşkilotiga, balki yegulik uruş quroli sifatida foydalanilayotgan eng oğir şaroitlarda qolgan gumanitar taşkilotlarga hujumdir», — degan World Central Kitchen ijroçi direktori Erin Gor.
WCK asosçisi Xose Andres uning hamkasblari «TsAHAL aviazarbasi oqibatida» halok bölganini ma’lum qilgan. U WCK taşkilotiga 2010 yilda asos solib, vayronkor zilziladan keyin Haitiga oşpazlar va oziq-ovqat yuborgandi. Andres tvitterdagi sahifasida «ğamdan ado bölgani» haqida yozib, Isroil hukumatini «kimligiga qarab ötirmasdan öldiriş»ni bas qilişga çaqirgan.
Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) mazkur «fojiali hodisa»tafsilotlariga oydinlik kiritiş uçun eng yuqori darajada sinçkovlik bilan tekşiruv ötkazilayotganini bildirgan.
«TsAHAL insonparvarlik yordamlari xavfsiz yetkazib berilişini ta’minlaş uçun katta sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda hamda Ğazo aholisi oziq-ovqat va insonparvarlik yordamlari bilan ta’minlanişida WCK bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda», — deyiladi bayonotda.
HAMAS tomonidan nazorat qilinadigan Ğazo sektori hukumati gumanitar missiya xodimlari öldirilişida Isroilni ayblagan. Harakat uşbu hujum xalqaro gumanitar missiyalar xodimlarini qörqitib qöyişga qaratilganini ma’lum qilgan. Zarba aynan qayerdan va qanday yöllanganini mustaqil tekşirib bölmaydi.
Ğazo sektorida BBC uçun işlovçi jurnalist aviazarba berilgan joyda gumanitar taşkilot xodimlari bölgan uç kişi hamda falastinlik haydovçining jasadlarini körgan. Ijtimoiy tarmoqlarda halok bölganlarning pasportlari suratlari tarqalgan. Keyinroq WCK bayonotida öz a’zosi bölgan yetti kişi halok bölganini ma’lum qildi.

Falastindagi şifokorlardan biri ma’lum qilişiça, World Central Kitçen’ning Ğazo sektorida minglab odamlarni yegulik bilan ta’minlab kelgan xodimlari WCK logotipi aks etgan zirhli nimçalarda bölganini ma’lum qilgan.














