Asli samarqandlik Samandar Rabbimov 10 oyki Yaponiyada havoza (lesa) teriş bilan şuğullanadi. U arxitektura-quriliş sohasida oliy ma’lumotli, bir neça yil xususiy firmada loyihaçi bölib ham işlagan. Maoşi va işlaş şaroiti yaxşi bölişiga qaramay, qahramonimiz kunçiqar mamlakatga ketişga ahd qilgan. U Kun.uzʼga bergan intervyusida buni “Yaponiya orzusi” haqida gapirib berdi.
Samandar Rabbimov Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida tuğilgan, 26 yoşda. Quriliş-arxitektura sohasi böyiça oliy ma’lumotli, 2023 yil iyun oyida Yaponiyaning Tokio şahriga ketgan. Hozirda u yerda quriliş sohasida havoza teriş bilan şuğullanadi. Samandar Kun.uz bilan suhbatda nima uçun Özbekistondagi yaxşi işini taşlab Yaponiyaga ketgani, u yerdagi mehnat şaroitlari, yapon madaniyati hamda kelgusi rejalari haqida sözlab berdi.
“Yaponiya orzusi sabab Özbekistondagi yaxşi işimni ham taşlab, şu yerga keldim”
Yaponiyaga boriş orzusi bolaligimdan bölgan, u vaqtlarda yaponlarning “Oşin” seriali bölardi, şuni körib Yaponiyaga qiziqiş uyğongan.
2021 yilda Samarqand davlat arxitektura-quriliş institutini tugatganman, oliy ma’lumotliman. 2-bosqiçda öqib yurgan paytimda yapon tilini örganişni boşlaganman. Talaba vaqtlarim karantindan oldin Samarqandda mehmonlar köp bölar edi, şu yerda yaponiyalik sayyohlarga gid bölib ham işlaganman. Bu ham tilni yaxşiroq örganişimga yordam bergan. Öqişni tugatgaç, 2 yil davomida arxitektura va loyihalaş xususiy firmalarida soham böyiça işladim. Migratsiya agentligida Yaponiyaga quriliş sohasiga vakansiya e’lon qilingaç, özimning soham bölgani uçun röyxatdan ötib, suhbatda qatnaşdim. Suhbatdan ötganimdan keyin Yaponiyaga kelib, işimni boşladim.
Özi Yaponiyaga öqişga yo boşqa maqsadda keliş juda qimmat, qaçondir bepul boraman, deb yurardim. Erkin odam bölganim uçun Yaponiya orzusi sabab Özbekistondagi yaxşi işimni ham taşlab, şu yerga keldim.
“Til biliş – Yaponiya uçun ham eng minimal va kerakli talab”
Vakansiya böyiça röyxatdan ötganimdan söng, qönğiroq qilib çaqirişdi. Men öşa vaqtda Toşkentda edim, keyin Migratsiya agentligiga bordim, suhbat kunini aytişdi. Hozir men işlayotgan firmaning boşliği suhbatni oliş uçun Toşkentga kelgan edi. Öşa vaqtda menda yapon tili böyiça sertifikatim bor edi, JPLT (yapon tilini biliş darajasini aniqlaş testi). JPLTʼda 5 ta daraja böladi. Darajaning eng quyisi N5, eng yuqorisi esa N1. IELTS bilan taqqoslasa, N1 şuning eng yuqori darajasi hisoblanadi. N5 esa şuning 5,5 yoki 5 balli darajasidir. Meniki 4-darajali edi, N3ʼga yaqinligi uçun taxminan IELTS 6 darajasiga töğri keladi.
Hujjatlarni olib bordim, oğzaki suhbat böldi. Keyin rasmiylaştiriş işlari boşlandi, şu hujjat işlariga 4 oyça vaqt ketdi. Şu vaqt davomida yapon tili böyiça tayyorlandim, sohaga oid til bilimlarini ham örgandim. Til biliş – Yaponiya uçun ham eng minimal va kerakli talab. Yaponlar öz tilini bilgan, örganayotgan kişilarni hurmat qiladi va yordam beradi. Yaponiyada iş şaroitlari oğir emas, özimizdagi kabi bilan bir xil, faqat muammo til bilişdan bölişi mumkin. Til yaxşi örganib kelinsa, muammo bölmaydi.
“Viza berişda eng “muloyimi” – Yaponiya elçixonalari”
Yaponiya viza tizimida ham kuçli tekşiruvlar böladi. Lekin dunyo böyiça viza berişda eng “muloyimi” Yaponiya elçixonalari, deyişadi. Umumiy jarayon haqida gapirsam, birinçi Özbekistonda kerakli hujjatlar yiğiladi, poçta orqali Yaponiyaga yuboriladi. Bu yerdagi taşkilot körib çiqib, Yaponiya immigratsiya tizimiga kiritadi va bu tizim viza beriş-bermaslikni hal qiladi. Bu jarayonda avval Yaponiyaga kelganmi, qonun-qoidani buzganmi yoki yöq – şular tekşiriladi. Uzoği bilan 4 oy ötadi, şundan söng Özbekistondagi Yaponiya elçixonasiga viza beriş mumkinligi haqida bildiriş yuboriladi. Elçixona nomzodni çaqiradi va bir haftaça muddatda viza çiqarib berişadi. Ötgan yili fevral oyida röyxatdan ötgan bölsam, iyun oyida Yaponiyaga kelganman. Kelganimizga 7-8 oy bölib qoldi.
“Qurilişdagi şaroit juda yaxşi taşkil qilingan”
Boşida bir partiya bölib 20 ga yaqin kişi bölib keldik. Hamma har xil işga taqsimlandi. Men özim binolar qurişda, fasadiga işlaşda foydalaniladigan havoza (lesa) teriş bilan şuğullanaman. Işimiz boşida qiyin böldi, buning ustiga bu yerning ob-havosi ham dim edi. Qolaversa, tilning ham joyiga tuşib ketişida vaqt ketdi. Hozir hammasi joyiga tuşib ketgan.
Kunlik rejimim ertalab soat 08:00 da boşlanadi, 07:30 da iş joyida böliş kerak. Hamma şeriklarim, boşliqlar, ustalarning ham hammasi boradi. Soat 17:00 gaça iş böladi, orada 2 soat vaqtimizning 1 soati tuşlikka, yana bir soati esa dam olişga ketadi. Qurilişdagi şaroit juda yaxşi taşkil qilingan. Tartib-qoidalarga qat’iy amal qilinadi. Xavfsizlik birinçi örinda turadi. Eng qiziği, ertalab 15-20 daqiqa kunlik iş jarayoni rejalaştirilib, hammaning işi bölib çiqiladi, men Özbekistonda bunday narsani körmaganman. Bosim bilan işlanmaydi, kunlik reja qöyilgan, şu böyiça iş olib boriladi.
Daromadga kelsak, şartnoma böyiça 245 ming iyena (1600 dollar) belgilangan, buning içida soliqlar, ijtimoiy-maişiy xarajatlarimiz bor. Tokioga qaraganda, misol uçun, Osaka, Nagoya viloyatlarida yaşaş arzon deyişadi, özim ham Nagoyada bir oy yaşaganman, Tokio bilan farqi bor. Özi Tokio dunyoning eng qimmat şaharlaridan hisoblanadi, oziq-ovqat, ijara masalalari böyiça ayniqsa. Şartnomamizga köra, iş beruvçimiz asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi, şuning hisobiga köp xarajat qilmaymiz. Özim oyiga 150-200 dollar atrofida sarflayman. Ijara uçun ham 200 dollar atrofida tölayman, 4 xonali uyda 3 kişi turamiz, har birimizga bittadan xona.
“Iş beruvçi kompaniya işçilarning huquqini ta’minlamasa, yopiladi”
Suğurta masalasida bizdan avvalroq kelgan akalarimiz “Yaponiyada eng adolatli va sifatli suğurta kompaniyalari bor”, deb aytişadi, şuning uçun qörqmay 10-15 dollar atrofida pul tölaymiz. Şaroitga kelsak, juda yaxşi. Bu yerda Yaponiyaning iş beruvçiga talab qöyadigan maxsus taşkiloti bor. Ijaraga qöyilayotgan uy yangi ta’mirlangan bölişi, yaşaş şaroiti yaxşi bölişi kerak. Agar talab bajarilmay, iş beruvçi tomonidan qonun-qoida bajarilmasa, işlovçi odam kompaniya ustidan arz qilsa, kompaniya yopilib ketadi. Şuning uçun iş beruvçi şaroitlarni töğrilaşga harakat qiladi.
P.S. Tahririyatimiz xorijda yaşab, işlayotgan özbekistonliklar bilan suhbat, intervyularni doimiy ravişda berib borişni öz oldiga maqsad qilgan. Çet eldagi yurtdoşlarimiz bilan har haftalik intervyularni taşkil qiliş hamda muloqotni osonlaştiriş uçun Kun.uz Telegram’da maxsus aloqa botini işga tuşirdi. Özbekistondan taşqari qaysi davlatda bölişingizdan qat’i nazar, şu botga (@MusofirXati_bot) murojaat qilişingiz mumkin. Söralgan ma’lumotlarni qoldiring va bizning qahramonimizga aylaning!
Intervyuning töliq şaklini esa yuqoridagi video orqali tomoşa qiliş mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Nuriddin Nursaidov.







