Olmaota politsiyasi şaharda «Rossiya ozodligi» legioniga qöşilişga çaqiriqlar yozilgan varaqalar haqidagi ma’lumotlarni tekşirmoqda. Şunga öxşaş bukletlar şaharning çekka qismlarida ham, markaziy hududlarida ham paydo böldi, deb xabar berdi DW muxbiri 2 aprel, seşanba kuni.
Varaqada aytilişiça, «Rossiya ozodligi» legioni «rekrutlar»ni yollaşi haqida e’lon qiladi. Varaqalarda körsatilgan QR-kodlar legion sahifasiga va taşkilotning Telegram-kanaliga yönaltiradi. Varaqalar Olmaota çekka qismidagi «Mega-Tsentr» savdo-köngiloçar majmuasi atrofiga, şuningdek, şahar markazidagi jamoat transporti bekatlariga yopiştirib ketilgan. «Uşbu fakt böyiça tekşiruv ötkazilmoqda, holatlar aniqlanmoqda», — deya xabar qildi Olmaota politsiya departamenti matbuot xizmati.
«Rossiya ozodligi» legioni - UQK tarkibidagi harbiy qism, u asosan rossiyalik harbiy asirlar va Ukraina tomoniga ötgan köngillilardan taşkil topgan. Bölinmaning taşkil etilişi 2022 yil mart oyida ijtimoiy tarmoqlar va Ukraina matbuotida e’lon qilingan.
Öz ma’lumotlariga köra, legion ikkita batalondan iborat bölib, 2022 yil iyun holatiga köra umumiy soni 250 kişini taşkil etgan. 2023 yil mart oyida RF Oliy sudi legionni terrorçi taşkilot deb e’lon qildi.








