Rossiya va Özbekiston boş prokurorlari Igor Krasnov va Niğmatilla Yöldoşev Moskvada bölib ötgan uçraşuvda idoralararo hamkorlik dasturini imzoladi. Bu haqda MIR 24 xabar berdi.
Rossiya Boş prokurori terrorçilik harakatlarini bostiriş sohasida transçegaraviy hamkorlikni çuqurlaştiriş, yoşlarni radikallar safiga jalb etişga yöl qöyib bölmasligi, birgalikda va yaqin hamkorlikda harakat qiliş zarurligini ta’kidladi.
«Faqat şu yöl bilan biz terror mafkurasi tarqalişini töxtata olamiz», dedi Krasnov.
Şuningdek, Rossiya boş prokurori Özbekiston Boş prokuraturasini Korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça davlatlararo kengaş tarkibiga kiritiş masalasini körib çiqişni taklif qildi. Krasnov ikki departamentning boşqa formatlar, jumladan, ŞHT doirasidagi muvaffaqiyatli özaro hamkorligini qayd etdi. Bundan taşqari, u Özbekiston boş prokurorini sentabr oyida Vladivostokka, Şarqiy iqtisodiy forumga taklif qildi.
Krasnov ikki mamlakat prokuraturasi keng kölamli masalalar böyiça, jumladan, 2021-2023 yillarda amalga oşirilgan hamkorlik dasturi doirasida ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. Uçraşuv yakunlari böyiça Igor Krasnov va Niğmatilla Yöldoşev 2024-2025 yillarga möljallangan idoralararo hamkorlik dasturini imzoladi.













