– Yaponiya siz uçun nima?
– Ikkinçi vatandek. Öz yölimni topişda, oyoqqa turişimda yordam bergan davlat. Bu yerga kelganimga 20 yil böldi. Elçilik faoliyatimga 2 yilu 4 oy böldi.
Dastlab Yaponiyaga 1998 yilda magistraturada öqiş uçun kelganman. Öqiş tugab, bir muddat ötgaç, 2004 yilda Özbekistonga qaytganman. Ilmiy izlanişim “Ötiş jarayonidagi davlatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş” edi. Şu böyiça faoliyat olib bormoqçi bölganman Özbekistonda. Lekin u vaqtda bu Özbekistonga kerak bölmagan ekan... Bozor şaroitlari yetarli bölmagani uçun bölsa kerak.
Keyin 2006 yilda Yaponiyaga qaytib, universitetda işladim, söng tadbikorlik qildim.
– Yaponiya rivojlanişining asosiy omili nimada deb öylaysiz?
– Jamoaviy işlaşda. Bu narsa Yaponiyada yuqori darajada. Aniq maqsadlar qöyilib, öşa maqsadlar tomon birgalikda harakat qilinadi.
– Aytişlariça, kollektivizim individualizmni çeklaydi. Qanday qilib yaponlar kollektivizm bilan odamlarning individualligini uyğunlaştira oldi?
– Qiyin savol, ammo javob berişga urinib köraman. Ha, Yaponiyada kollektivizm kuçli, köçada nima istasangiz qila olmaysiz, jamiyatning bosimi sezib turasiz. Ammo işga kelganda şaxsning fikrlari eşitiladi va rağbatlantiriladi. Şu tarzda kollektivizm va individualizmni birlaştira olişgan.
– Davlat va xalqning özaro munosabati qanday Yaponiyada?
– Bizdagi ayollar, yoşlar daftari kabi Yaponiyada ham aholi daromadiga qarab davlat tomonidan beriladigan yordam bor. Ijtimoiy masalalarda Yaponiya rivojlangan davlatlarning eng oldilaridan deb öylayman.
Bola puli beriladi bu yerda ham. Murojaat qilinsa, daromadga qarab, yordam pullari ajratiladi yoki davolaniş uçun xarajatlarning asosiy qismini qoplab beriş kabi qöllovlar bor. Xalq davlatga juda işonadi, çunki doimiy qöllab-quvvatlov bor.
Odamlarni kambağal yoki boy ekanini köçada yurib biliş qiyin, hamma deyarli bir xil yuradi, özini tutişi ham bir xil.
– Xalq davlatga işonganiga yaraşa, davlat ham xalqni eşitadi, şunaqami?
– Viloyat gubernatorlari, şahar merlarini xalq saylaydi. Qonun va qarorlar ham xalqning manfaati uçun böladi, agar biror rahbar xalq manfaatiga ters qaror çiqarsa, uning mansabda bölişi özoqqa bormaydi.
– Söz erkinligi qanday Yaponiyada? Xalq va hukumat muloqot mexanizmi qay tarzda işlaydi?
– Söz erkinligi bor Yaponiyada. Lekin erkinlik bor, deb har narsani ham gapiraverişmaydi. Aniq faktlar, yeçimlar bölsa gapiriladi odatda.
Turli petitsiyalar bor. Parlament oldida töplanişadi ham. Kiçik guruhlar töplansa ham, şularning ham sözlari eşitiladi. Asosan mahalliy hokimiyatlar orqali yuqori hokimiyatga yetib boradi xalq xohiş-istagi.
– Özbekiston va Yaponiya munosabatlari: qanday potensial bor, nimalarga erişildi, nimalarga hali erişilmadi?
– Katta potensial bor, albatta. Yaponiyada yoşi katta insonlar aholining köp qismini taşkil qiladi. Özbekistonda esa mehnatga layoqatli yoşlar qatlami katta, şuning uçun mehnat bozorida hamkorlik qilsa böladi. Yoşlarimiz Yaponiyada işlab, tilni, madaniyatini, iş olib borişni örganib kelişsa, foydali böladi.
Yaponiya bilan 1992 yilda diplomatik aloqalar örnatganmiz. Örtadagi masofa 6 ming km. Asosiy boğlovçi – havo yöllari. Yaponiya va Özbekiston örtasida haftada bir marta qatnaydigan reys bor. Logistik muammolar sabab eksport va import hajmi pastroq.
Yaponiya bilan boğlaniş uçun asosiy yöl şimoliy koridor edi. Lekin hozir bu yöldan foydalaniş ança qiyinlaşgan. Afğoniston orqali ötuvçi yölakni taklif qilgandik, Yaponiya hali unaşmayapti. Yana bitta yönaliş Qirğiziston va Xitoy orqali ötiş, lekin bu yöldan özlarini tortib turişibdi. Faqat Transkaspiy koridori orqali ötuvçi yölga qiziqişyapti.
– Elçi sifatida öz oldingizga qöygan maqsadlaringiz?
– Özbekistonda haqiqiy yapon universiteti oçilişini istardim. Yaponlar faqat Misr, Malayziya va Turkiyada öz universitetlarini oçgan, boşqa mamlakatlarda yöq.
Yaponiya ta’lim tizimini Özbekistonga olib kiriş uçun Farğonada 19 ta şahar va tumanlarda bittadan maktabni tanlab olib iş olib borilyapti. Yapon mutaxassislari jalb qilingan.
Ikkinçisi – Özbekistonda röyxatdan ötgan yapon kompaniyalari sonini 100 tadan oşiriş, hozir 70 taga yaqin kompaniya bor. Masofa uzoqligi va logistik muammolar tösiq bölyapti köproq. Şu paytgaça yaponlar Özbekistonga kuçli işonç bilan qaraşmagan, lekin har bir viloyatga borib, yapon tadbirkorlariga Özbekistondagi imkoniyatlarni tarğib qilişga harakat qilyapmiz. Har hafta 10-15 ta yapon kompaniyasi Özbekistonni örganyapti. Özi yaponlar tez qaror qabul qilmaydi, obdon örganib çiqişadi.
– Yaponiyada öqiyotgan özbekistonlik yoşlarga maslahatlaringiz.
– Yaponiya öqiş uçun qulay mamlakat. Köp narsalarni örgansa böladi. Bu yerdagi vatandoşlarimzga doim 3 ta narsani aytaman. Birinçisi, har bir özbekistonlik Yaponiyada yurganda Özbekiston vakili ekanini his qilişi kerak, çunki ularga qarab özbeklarga baho beriladi.
Ikkinçisi, öqiş uçun kelgan yoşlar asosiy e’tiborni öqişga qaratsin, öziga yetarli darajada işlaşsa yetadi. 3-5 yil qiyinçilik bölişi mumkin, lekin yaxşi mutaxassis bölişsa, keyin oson bölib ketadi.
Uçinçisi, vatandoşlar bir-biriga töğri maslahat berib, töğri yöl körsatib yurişsa, yaxşi natijalarga erişişadi.
Elçixonamiz vatandoşlarimz bilan yaqindan işlaydi. Agar biror bir masala bölsa, savollar bölsa, bemalol bizga murojaat qilişlari mumkin. Telefonlar doimiy ravişda işlab turadi. Saytimiz – uzbekistan.jp
Şokir Şaripov suhbatlaşdi.











