Rossiyada muxolifatçi Aleksey Navalniy tomonidan asos solingan va rasmiylar tomonidan «ekstremistik hamjamiyat» deb tan olingan Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi («FBK»)ni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq iş böyiça yana bir hukm çiqarildi. Dolgoprudniy şahar sudi 29 yoşli dasturçi va faol Aleksey Malyarevskiyni «ekstremistik hamjamiyat»da qatnaşiş va «ekstremizmni moliyalaş»da aybdor deb topib, uni yetti yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi, deb xabar berdi «Mediazona» 4 aprel, payşanba kuni uşbu iş böyiça majlisda iştirok etgan manbaga tayanib. 

150 dollar xayriya, bir kişilik piket va varaqalar 

Naşr suhbatdoşining sözlariga köra, prokuratura Malyarevskiyni sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etişni hamda bank hisobraqamlaridagi 1000 dollar va 100 ming rublni musodara qilişni talab etgan. Xabar qilinişiça, dasturçi «FBK»ga 150 dollar xayriya qilganlikda, Manejnaya maydonida Aleksey Navalniyni qöllab-quvvatlaş uçun bir kişilik piket ötkazib, varaqalar çop etganlikda ayblangan. U öz aybini tan oldi.

Öz navbatida, RusNews Telegram-kanali Malyarevskiy «Navalniyning yaşirin ştabiga tegişli»likda ayblanganini yozadi. Aytişlariça, u Navalniyni 19 yilga ozodlikdan mahrum qilgan sudya Suvorovga tegişli ma’lumotlar bölgan varaqalar çop etgan. Bundan taşqari, oktyabr oyida qölga olinişidan sal avval u Navalniy va boşqa siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida bir kişilik piket ötkazgan.

Dasturçi Çexiyada 5 yil ötkazgandan söng Rossiyaga qaytdi

«Mediazona» xabariga köra, Malyarevskiy Çexiyada beş yil yaşab, 2023 yilda Rossiyaga qaytgan. Ötgan yilning 1 sentabridagi bir kişilik piketdan söng u uşlangan, biroq bayonnoma tuzmasdan qöyib yuborilgan. 20 oktyabr kuni sud uni «ekstremizm» moddasi bilan hibsga oldi, şundan beri u tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Xuddi şunday hukm mart oyi örtalarida Moskvada NIU VŞE talabasi Alina Olexnoviç va uşbu OTM bitiruvçisi Ivan Trofimov işi böyiça çiqarildi. 21 yoşli Olexnoviç va 22 yoşli Trofimov «ekstremistik hamjamiyat»ni taşkil etişda iştirok etganlikda aybdor deb topilib, har biri 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Iş materiallarida faollar Navalniyning «Rossiya hududida qöporuvçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi yaşirin ştablar» tarmoğiga aloqadorligi körsatilgan.

«Meduza» ta’kidlaşiça, Olexnoviç va Trofimov hibsga olinganidan söng, tarğibotçi Vladimir Solovyov ularni Navalniyning «yaşirin ştabi» faollari deb atagan. Öz navbatida, «Kommersant» 2023 yil sentabr oyida hibsga oliş muddatini uzaytiriş böyiça ötkazilgan majlisdan söng tergov Olexnoviç va Trofimovni Navalniyning Rossiyada «qöporuvçilik faoliyati» bilan şuğullanuvçi «yaşirin ştablar» tarmoği bilan boğlaganini yozgan.