Moskvaning Perovskiy sudi kardiojarroh Ivan Tişçenkoni 24 dekabr, seşanba kuni «ekstremistik faoliyatni» moliyalaştiriş (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282.3-moddasi 1-qismi) moddasi böyiça tört yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Bu haqda «Moskva şahrining umumiy yurisdiksiya sudlari» Telegram-kanalida aytilgan. SOTAvision naşrining aniqlik kiritişiça, bunday hukmga Tişçenkoning marhum rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy şeriklarining Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK)ga mablağ xayriya qilgani sabab bölgan.

Ivan Tişçenkoning advokati Natalya Tixonova RBK agentligiga bergan izohida himoyaçi hukmdan hayratda qolganini va ustidan şikoyat qilişni rejalaştirayotganini aytdi. «Bu minglab insonlar hayotini saqlab qolgan va, albatta, Rossiyaning konstitutsiyaviy tuzumiga xavf tuğdiriş niyatida bölmagan şaxs uçun juda oğir jazo, u FBK ekstremistik taşkilot deb tan olinişidan oldin obuna bölgan va obunani bekor qilişni unutgan», — dedi u.

SOTAvision şuningdek, jarroh ozodlikda bölganida jurnalistlarga FBK Rossiyada «ekstremistik» deb tan olinmasidan oldin pul xayriya qilganini, ammo obunani vaqtida bekor qilişni unutganini ta’kidlagan. Tişçenko bu işda aybini tan oldi. Uning işi bor-yöği bir hafta, 2024 yil 17 dekabrdan boşlab körib çiqildi.