Tayvanda sönggi 25 yildagi 7,4 magnitudali eng kuçli zilzila kamida töqqiz kişining hayotiga zomin böldi va 700 nafardan ortiq kişi jarohat oldi. Ammo bunday kuçli tabiiy ofat uçun vayronagarçiliklar kölami, eng muhimi, insonlar qurbonlari soni nisbatan kiçik. Nega? Taqqoslaş uçun: 1999 yilda xuddi şunday magnitudali zilzila bu yerda 2 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bölgan edi. BBC tabiiy ofat oqibatlariga Tayvanda qanday tayyorgarlik körilganini tahlil qildi.
Tayvandagi AQŞ elçisi vazifasini bajaruvçi Sandra Oudkirk ijtimoiy tarmoqda Tayvan xalqiga yöllagan murojaatida: «Tayvan butun dunyoga tabiiy ofatlarning oldini oliş, tabiiy ofatlarni bartaraf etiş va gumanitar yordam körsatişning muvaffaqiyatli modelini namoyiş etdi», deb yozdi.
Tayvanda zilzilalar kam uçraydigan hodisa emas: orol ikkita tektonik plitalarning tutaşgan joyi yaqinida joylaşgan. Zilzilalar aholi kam yaşaydigan va asosan şarqiy qirğoqlardagi qişloq joylarida sodir böladi.
5 mingdan ortiq binolarni vayron qilgan va 2,4 mingdan ortiq odamning ölimiga sabab bölgan 1999 yildagi zilzila (21 sentabrda sodir bölgani sababli orolda «Zilzila 921» deb nomlangan) hukumatni quriliş me’yorlari va tabiiy ofatlarni boşqariş qonunlarini qayta körib çiqişga majbur qildi.
21 sentabrda Tayvan böylab har yili tabiiy ofatlarni boşqariş böyiça maşğulotlar kuni nişonlanadi. Şu kuni fuqarolarning mobil telefonlariga zilzila va sunami kabi ofat haqida ogohlantiriş yuboriladi, orol böylab maktablarda evakuatsiya maşqlari ötkaziladi.

Zilzilalarga çidamli quriliş materiallari işlab çiqaruvçi Tayvanning Alfa Safe kompaniyasini boşqaradigan quriliş muhandisi Tay Yun-fa sözlariga köra, qat’iy quriliş qoidalari orolni tabiiy ofatlarga yaxşiroq tayyorlaşga yordam bergan bölsa-da, ba’zi işlab çiqaruvçilar hali ham yangi qoidalarni çetlab ötib, bino qurmoqda.
«Loyihani işlab çiqiş jarayonida arzon narxlar möljalga olinadi, şuning uçun eng yaxşi sifatga erişiş mumkin emas», dedi u.
London Universitet kolleji geotexnik zilzila muhandisligi professori Ziggi Lyubovski Tayvandagi vayronagarçilik aks etgan fotosuratlardagi köplab binolar ança eski körinişi va zamonaviy quriliş standartlariga javob bermasligini ta’kidladi. «Qiyşayib qolgan, ammo qulamagan binolar – dizayn xususiyati emas, balki köproq omad omilidir», dedi u. Uning fikriça, qulagan uylar örniga quriladigan yangi uylar zamonaviy talablarga javob beradigan böladi.
















