Tayvanda bir kun avval sodir bölgan kuçli zilzilada jabrlanganlar soni 1099 kişiga yetdi, 10 kişi halok böldi, deb xabar berdi 4 aprel, payşanba kuni mahalliy hukumat. Milliy yonğin agentligining sönggi ma’lumotlariga köra, yana 52 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanyapti. 

Episentri Xualyan uyezdida bölgan zilziladan bir kun ötib, qutqaruv va gumanitar yordam xodimlari yöl tunnellarida qolib ketgan önlab odamlarni ozod etiş işlarini davom ettirmoqda. Milliy yonğin agentligining ma’lum qilişiça, avvalroq ikkita şaxtada qolib ketgan 70 nafar konçi qutqarilgan.

Bundan taşqari, Taroko milliy boğidagi mehmonxona va taşrif buyuruvçilar markazida 600 dan ortiq odam taşqi dunyodan uzilib qolgan, çunki kiriş yöllari köçkilar tufayli tösib qöyilgan. 

Sönggi 25 yildagi eng kuçli zilzila 

3 aprel, çorşanba kuni Tayvanda sönggi çorak asrdagi eng kuçli zilzila sodir böldi. Xuddi şu nomdagi uyezdning ma’muriy markazi bölgan Xualyan şahrida köp qavatli bino jiddiy zarar körgan: birinçi qavat qulab tuşdi, qolgan qismi esa 45 daraja burçakka egilib qoldi. Tayvan poytaxti Taybeyda turar joy va ofis binolari, şuningdek, yangi qurilgan baland metro liniyasi şikastlangan. Orolning şarqiy qirğoğida harakat deyarli töxtab qoldi, çunki köçkilar va qulagan toşlar toğli hududdagi tunnel va avtomobil yöllariga zarar yetkazdi.

Tayvan zilzilalar monitoringi agentligi yer silkinişi kuçini 7,2 magnituda, AQŞ Geologiya xizmati esa 7,4 magnituda sifatida körsatdi. Zilzila episentri Xualyan şahridan 18 km janubi-şarqda, 35 km çuqurlikda joylaşgan. 

Tayvanda oxirgi yillardagi eng kuçli zilzila 1999 yil 21 sentabrda yuz bergan. Uning magnitudasi 7,7 ni taşkil etgan. Oqibatda 2400 kişi halok bölgan, 100 mingga yaqin kişi jarohatlangan, minglab binolar vayronaga aylangan.