Kun.uz ijodiy jamoasi Yaponiyaga safari davomida Kiotoda ham böldi va şahar böylab sayr qildi.
Kioto – sayyohlar eng köp boradigan, tarixiy va çiroyli şaharlardan biri. Aholisi – 1,5 million kişi atrofida. Kioto 794 yildan 1869 yilgaça Yaponiya poytaxti bölgan.
Qadimda bu yerlar botqoqliklardan iborat bölgani va tabiiy resurslari kam bölgani uçun odam kam yaşagan. Faqat VII asrga kelib Xitoy zodagonlaridan biri bu yerga kelib, öz qarorgohini qurgan, irrigatsiya işlarini olib borgan, ipakçilik va töqimaçilikni yölga qöygan.
VIII asrga kelib imperator Kammu Yaponiya poytaxtini Nara şahridan köçirişni istab qoladi. Ba’zi urinişlardan söng u poytaxtni aynan mana şu yerda quradi. Avvaliga şahar Xeyan deb nomlandi, keyin esa – Kioto nomini oladi.
Töğri törtburçak şaklida qurilgan şaharda şimoldan janubga 10 ta köça, ğarbdan şarqqa qarab 11 ta köça qurilgan. Şimoliy tomonda imperator qarorgohi joylaşgan. Şaharning bir qismida boy zodagonlar, ikkinçi qismida esa kambağallar va hunarmandlar yaşaşgan.
Şaharga mamlakatning deyarli barça çekkalaridan öqimişli kişilar kelib joylaşa boşlagan va aynan ular şaharda yuqori madaniyatni şakllantirgan, adabiyot durdonalari yaratilgan.
Şahar bir neça bor yonib ketgan va qaytadan qurilgan, şu sababli qadimiy uylar saqlanib qolmagan.
Köp notinç davrlarni boşidan keçirgan, qöldan qölga ötgan va bir neça bor buzilgan Kioto nihoyat XVI asrda yirik harbiy qömondon Oda Nobunaga qöliga ötganidan keyin yana tiklanadi. Şahar yana gullab-yaşnay boşlaydi.
Kiotoning nufuzi bir ortib, bir tuşgani bilan u poytaxt maqomini saqlab turavergan.
XVII–XIX asrlarda Kioto mamlakatning eng boy şaharlaridan biri bölib turadi. Bu davrda Kiotoga xos an’anaviy hunarmandçilik şakllanadi, masalan, şaharning Nasidzin degan joyida ipakçilik rivojlangan, çinni, laklangan idişlar, böyalgan paxta tayyorlangan. Şahar aholisi bu paytda 400 ming kişini taşkil etgan.
1868 yilda Meydzi islohotlari doirasida yangi imperator poytaxtni Kiotodan Edo şahriga ötkazişga qaror qiladi va Edo Tokio nomini oladi. Imperator öşa yerga köçib ötadi va Kioto özining ming yillik poytaxt maqomidan ayriladi.
Ikkinçi jahon uruşi paytida amerikaliklar Yaponiya hududini atom bombalari bilan bombalaşga qaror qilişdi va yakson qilinadigan şaharlar qatoriga Kiotoni ham kiritişadi.











