Dunyo böylab inqirozli hududlarga oziq-ovqat yetkazib beruvçi World Central Kitchen (WCK) nodavlat taşkiloti 5 aprel, juma kuni Isroil Mudofaa armiyasi (TsAHAL) Ğazo sektorida gumanitar yordam yuk maşinalari karvoniga hujum qilişi oqibatida yetti nafar xodimining ölimi yuzasidan mustaqil tergov ötkazişga çaqirdi.

«Isroil Mudofaa armiyasi Ğazo sektoridagi öz xatosi yuzasidan işonçli tekşiruv ötkaza olmaydi», - deyiladi WCK’ning taşkilot veb-saytidagi bayonotida. 

«TsAHAL Ğazo sektoridagi yuk maşinalarimiz karvoniga qilingan halokatli hujumdagi mas’uliyatni va öz xatolarini tan oldi. Şuningdek, qömondonlarga nisbatan intizomiy çoralar kördi va boşqa islohotlarga sodiqligini körsatdi. Bular oldinga bölgan muhim qadamlardir, - dedi taşkilot. - Biroq dastlabki tergov şuni körsatadiki, TsAHAL öz protokollari, subordinatsiya va jangovar harakatlar qoidalarini hisobga olmagan holda halokatli kuç qöllagan. TsAHAL bizning guruhlarimiz barça tegişli aloqa tartib-qoidalariga rioya qilgan holda harakatlanganini tan oldi. TsAHAL tomonidan olingan videoyozuvda quroli bölmagan va heç qanday xavf tuğdirmagan şaxsiy tarkibimizga qarata öq uziş uçun biron sabab körsatilmagan». 

«Tizimli özgarişlarsiz harbiy xatolar, uzr söraş va oilalarda qayğu köpayadi», - deya işonç bildirdi NNT vakillari. 

WCK Ğazo sektori tinç aholisi uçun gumanitar yordam olib ketayotgan karvonga asossiz raketa hujumiga dastlabki sabab sifatida, u yerda oziq-ovqatning falokatli taqçilligini keltirdi. «Isroil insonparvarlik yordamini qöllab-quvvatlaşga jiddiy qarasa, quruqlik orqali taşiladigan oziq-ovqat va dori-darmonlar hajmini keskin oşirişi kerak», - deyiladi taşkilot bayonotida. 

TsAHALning Ğazo sektorida gumanitar yordam karvoniga zarbasi

WCK ma’lumotlariga köra, TsAHAL qöşinlari Ğazo sektori markazidagi Dayr al-Balaxdan janubda ularning karvoniga zarba berganida taşkilot yetti nafar a’zosi halok bölgan. Avtomobillar dengiz orqali Ğazo sektoriga olib kelingan 100 tonnalik insonparvarlik yordamini joyiga yetkazgandan söng qaytib ketayotgan edi. Şu bilan birga, WCK kolonna harakati Isroil harbiylari bilan muvofiqlaştirilganini ta’kidladi.

Halok bölganlar orasida Avstraliya, Polşa va Britaniya fuqarolari, şuningdek, AQŞ va Kanada fuqaroligiga ega bölgan bir erkak va bir falastinlik bor. Uşbu fojiadan söng taşkilot keyingi qaror qabul qilinmagunça mintaqadagi faoliyatini darhol töxtatişini bildirdi.