TSAHAL Ğazo sektori hududida qolgan garovdagi sönggi şaxsning jasadini topib, Isroilga qaytardi, deyiladi Isroil Mudofaa kuçlari xabarida.
Ekspertiza topilgan qoldiqlar politsiyaçi Ran Gviliga tegişli ekanini tasdiqladi. 2023 yil 7 oktyabr kuni 24 yoşli Ran Gvili hamasçilarga qarşi jangda halok bölgan, şundan söng, uning jasadi Ğazoga olib ketilgan.
Bir kun avval Isroil rasmiylari Ğazo sektorida Ran Gvilining jasadini qidiriş böyiça keng kölamli operatsiya ötkazayotganini ma’lum qilgan edi.
Barça tirik garovga olinganlar va barça halok bölganlarning jasadini qaytariş 2025 yil oktyabr oyida imzolangan Ğazodagi uruşni töxtatiş rejasining birinçi bosqiçining asosiy şartlaridan biri edi. Tirik garovga olinganlarni HAMAS vakillari dekabr oyi boşiga qadar bir neça bosqiçda Isroilga topşirdi.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu idorasi 25 yanvar kuni Ran Gvilining qoldiqlari topilganda, TSAHAL Ğazo sektorini Misr bilan boğlaydigan va sektorga gumanitar yordam yetkazib berişning muhim kanali bölgan Rafah nazorat-ötkaziş punkti orqali harakatni yölga qöyişini ma’lum qildi. Bu harakatlar tinçlik rejasining ikkinçi bosqiçida közda tutilgan.













