Qozoğistonda mart oyida boşlangan yirik suv toşqinlari respublikadagi sönggi 80 yildagi eng yirik tabiiy ofatga aylandi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayev. U şanba kuni televideniye orqali xalqqa murojaat qildi.

«Köp yillardan buyon kuzatilmagan tabiiy ofat yuz berdi. Balki bu öz kölami va oqibatlari böyiça sönggi 80 yildan ortiq vaqtdagi eng yirik ofatdir», deb davlat rahbarining sözlaridan iqtibos keltiradi Oqörda.

Töqayevning qöşimça qilişiça, suv toşqinlari tufayli mamlakatning 10 ta viloyatida: Abay, Aqmola, Aqtöbe, Atirau, Ğarbiy Qozoğiston, Qarağanda, Qöstanay, şuningdek, Pavlodar, Şimoliy Qozoğiston va Ulitau viloyatlarida mahalliy favqulodda holat e’lon qilingan.

«Vaziyat qiyin, ammo umidsizlikka tuşmaslik kerak. Biz bu holatni töğirlaymiz, asosiysi inson qurbonlarining oldini oliş. Aytmoqçimanki, sizlardan birortangiz ham davlat e’tiboridan çetda qolmaydi. Barçangizga moddiy va boşqa yordam körsatiladi. Sizning barça moddiy yöqotişlaringiz qoplanadi», dedi Töqayev jabrlanuvçilarga murojaat qilib.

Prezident sözlariga köra, uning tanqidi va körsatmalaridan söng, hukumat suv toşqini oqibatlarini kamaytiriş böyiça sa’y-harakatlarni kuçaytirgan. Mamlakatda boş vazir boşçiligida ştab tuzilgan. Rasmiylar toşqindan zarar körgan hududlarga borib, vaziyatni örganmoqda.