Bundan bir neça kun oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Tojikiston fuqarolari uçun viza rejimi joriy qiliş haqidagi farmonni imzolagan edi.

“Xovar” naşrining Tojikiston Taşqi işlar vazirligiga tayanib xabar berişiça, Turkiyaning bu mamlakat fuqarolari uçun joriy qilgan viza rejimi 2024 yil 20 apreldan kuçga kiradi.

Şu sanadan boşlab Tojikiston fuqarolari Turkiyaga faqat viza bilan kira olişadi. Avvallari ular Turkiyaga vizasiz kirib, bu mamlakatda 90 kun yurişlari mumkin edi.

Turkiya hukumati hozirça Tojikiston fuqarolari uçun viza rejimi joriy qilingani sabablari haqida rasman izoh bermadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tojikistonliklar bu iş kutilmagan xabar bölgani va Turkiya prezidentining farmonidan ajablanayotganlarini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Tojikiston TIV Turkiya tomoni tojikistonliklar uçun viza rejimi joriy etişi haqida ogohlantiriş yubormaganini aytib çiqqandi. Ma’lum bölişiça, Turkiya tomoni 2024 yil 6 aprel kuniga kelib, diplomatik kanallar orqali Tojikiston TIVga bunday ogohlantirişni yuborgan.

Ayrim naşrlarda yozilişiça, Turkiya hukumati Moskvada yuz bergan terakt hodisasidan söng şu qarorga kelgan.

Xabarlarda viza rejimi kuçga kirgaç öşa paytgaça Turkiyada bölib turgan tojikistonliklarga nisbatan qanday yöl tutilişi oçiqlanmagan.

Ya’ni ular Turkiyada kirgan kunidan boşlab 90 kun davomida yura oladimi yoki muddat tugamasdan mamlakatdan çiqarib yuboriladimi, aytilmadi.