Uşbu holat joriy yilning 4 fevral kuni soat 20:30 larda Bektemir tumanida sodir bölgan. Tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan davlat raqam belgilarini özboşimçalik bilan yeçib harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomaşina haydovçisiga jyezl va huştak yordamida töxtaş işorasi berilganda, haydovçi böysunmasdan harakatlangani sababli körilgan çora-tadbirlar natijasida töxtatilib, 2 nafar xolislar iştirokida avtomaşina közdan keçirilganda davlat raqam belgilari salonda ekani aniqlanadi.
Holat yuzasidan YPX inspektori tomonidan haydovçi 2005 yilda tuğilgan Ş.M.ga nisbatan MJTKning 125-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomaşina vaqtinçalik saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Uşbu avtomaşina haydovçisi 4 mart kuni Bektemir tumanida YPX inspektorlari tomonidan töxtatilib hujjatlarini tekşiriş davomida, özini tutişi va gap sözidan YPX inspektorlarida şubha uyğotgan. 2 nafar xolislar iştirokida haydovçi va avtomaşina közdan keçirilganda, avtomaşina salon qismidan ötkir hidli, oq rangli kukunsimon modda borligi aniqlangan.
Holat böyiça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topşirilgan.













