Turkiyaga borişni xohlovçi Tojikiston fuqarolari uçun viza rejimining joriy etilişi vaqtinçalik çora hisoblanadi. Bu haqda 7 aprel, yakşanba kuni Turkiyaning Duşanbedagi elçixonasi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. «Vizalar 2024 yil 20 apreldan boşlanadi. Şu kungaça Tojikiston fuqarolari uçun Turkiyaga vizasiz sayohat qiliş mumkin», deyiladi xabarda.
5 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Tojikiston fuqarolari uçun vizasiz rejimni bekor qiliş haqidagi farmonni imzoladi. Qarorda buning sabablari körsatilmagan bölsa-da, Rossiya OAV buni Tojikiston fuqarolari gumon qilinayotgan «Krokus Siti Xoll»da yaqinda sodir etilgan terakt bilan boğlamoqda.
«Krokus»ga hujum qilganlarning ikki nafari teraktdan oldin Turkiyada bölgan
Mart oyi oxirida Anqara Moskvaga Rossiya «FSB» «Krokus» terakti bevosita aybdorlari deb hisoblagan Tojikistonning tört fuqarosidan ikki nafari Turkiyada ma’lum muddat röyxatdan ötmagan holda bölgani haqida ma’lumot berdi. 2 mart kuni ular Moskvaga qaytgan. Turkiya ommaviy axborot vositalarining yozişiça, Turkiya va Rossiya Moskva viloyatidagi terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan IŞID terror taşkiloti faoliyati haqida ma’lumot almaşişni kuçaytiradi.














