Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan yiğilişda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Jizzax viloyatida turizm va ijtimoiy sohani rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

10 ta madaniy meros obektida “Turizm halqasi” yaratilişi, ularga turizm mahallasi maqomi berilişi belgilandi. “Turizm halqasi” obektlariga boradigan yöllarni ta’mirlaş topşirildi.
Xalqaro M-39 yölining viloyat hududidan ötgan 98 kilometr qismidan kuniga 40 ming avtomobil qatnaydi. Bu yölni çetida böş turgan 4 gektar yerlar tadbirkorlarga taklif qilinsa, 20 ming aholini doimiy band qiliş mumkin
Aydar-Arnasoy köllari tizimida turizm uçun yetarli salohiyat bor. Uni röyobga çiqariş maqsadida hukumat komissiyasi tuziladi.












