Ramazon oyini uydan uzoqda ötkaziş oson bölmasligi mumkin, ayniqsa siz xorijda bölganingizda. Ammo bu katta ma’naviy ösiş, şaxsiy mulohazalar qiliş davri bölişi mumkin. Profee.com pul ötkazmalari servisi esa yaqinlaringizni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, ayniqsa Ramazon hayitiga sovğalar yuborişda sizga yordamga keladi.
Biz siz uçun Profee bilan birgalikda, uydan uzoqda bölgan paytda zarur böladigan bir neça maslahatlarni tayyorlab qöydik:
1. Şinam va bayramona muhitni yarating
Siz qayerda bölişingizdan qat’i nazar, Ramazon hayiti bilan uyğunlaşgan muhitni yaratişga harakat qilib köring. Uyingizda şinamlik va komfort yaratiş uçun, uni kiçkina çiroqlar yoki şamlar bilan bezating.
2. Ehtiyojmand insonlarga yordam bering
Mahalliy hamjamiyatda volontyorlik qiliş uçun imkoniyatlar izlang. Aksariyat xayriya taşkilotlari yoki mahalliy masjidlar Ramazon munosabati bilan maxsus aksiyalar ötkazadi, masalan, bunga ehtiyoji bölganlar uçun kiyim-keçak yiğişni yoki boşqa kerakli yordamni taşkillaştiradi. Siz, şuningdek, Özbekistondagi xayriya taşkilotlariga yordam berişingiz mumkin. Misol uçun, Profee bepul ilovasi orqali siz Yevropadan pul mablağini istalgan Visa yoki Mastercard kartasidan bir zumda özbekistonlik HUMO va UzCard kartalariga ötkazişingiz mumkin. Biroq, bu nafaqat xayriya taşkilotlari, balki sizning muloqot qiliş doirangizdan ham yordamga ehtiyojmand insonlar bölişi mumkin.
3. Yaqinlaringizga e’tibor ajrating
Bayram kunlarida oiladagi munosabatlarni mustahkamlaş va birgalikda ma’naviy amaliyotlarni ötkaziş uçun foydalaning. Buni onlayn tarzda messenjerlar va videoqönğiroqlar orqali amalga oşirişingiz mumkin. Oilangiz bilan samarali muloqot qilişga kamida 20 daqiqa vaqt ajrating. Siz Özbekistonda yaşagan mahal oilangiz uçun özgaça hisoblangan an’analar va odatlarni virtual makonga ötkazing.

4. Oilangizni moliyaviy tomondan qöllab-quvvatlang







