Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan yiğilişda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Prezident viloyat böyiça asosiy vazifalarni belgilab berdi.
Jizzaxda tomorqalarni işga soliş böyiça 309 ta mahallaga lider tadbirkor – eksportçilar biriktirilişi belgilandi.
Lider tadbirkor – eksportçi uçun har bir mahalla ixtisoslaşuvidan kelib çiqib tomorqada 50 million söm daromad qiladigan moliyaviy xizmat paketi işlab çiqiladi.
Bu borada banklar lider tadbirkorlarga aylanma uçun 3 yil muddatga 1,5 milliard sömgaça kreditlar ajratadi, budjet hisobidan agronom jalb qiliş, öqitiş, mahallada yiğiş, saqlaş va quritiş punktlarini taşkil qiliş uçun 1 milliard sömgaça grantlar beradi, xonadonlarga Oilaviy tadbirkorlik dasturidan 33 million sömdan, “Biznesga birinçi qadam” dasturidan 17 million sömdan kredit ajratadi.
Kam hosil berayotgan yerlar 50-100 gektardan yirik lot şaklida, qolgani 1-5 gektardan lotlarga bölinib, meva-sabzavot ekadiganlarga taklif qilinadi.
Yirik maydonda mahsulot ekadiganlar qolgan kiçik maydon egalarini ham şu yönalişga tortadi.
Şular hisobiga viloyatda meva-sabzavot yetiştiriş hajmi ikki yilda 3 million tonnaga, keyinçalik 5 million tonnaga olib çiqilişi reja qilingan. Bu mos ravişda qayta işlaş va eksportni ham 2-3 barobar oşirişga zamin böladi.
Viloyatda çorvaçilikni rivojlantiriş uçun salohiyat katta.
Investorlar 28 million dollar sarmoya evaziga yiliga 20 ming tonna sut va 5 ming tonna göştni qayta işlaşni, Zomin, Zarbdor va Yangioboddagi 11 mingta xonadonda “Angus” zotli qoramolni köpaytirib, sotib oliş tizimini yölga qöyişni maqsad qilgan.
Mutasaddilarga yil yakunigaça Şarof Raşidov va Zarbdor tumanida bittadan yirik çorvaçilik klasteri faoliyatini yölga qöyiş topşirildi.
Dronlar yordamida qişloq va örmon xöjaligi yerlarida aniqlangan imkoniyatlarni, asalariçilik va baliqçilikni rivojlantiriş böyiça ham körsatmalar berildi.
Irrigatsiya tizimlarini yaxşilaş maqsadida Janubiy Mirzaçöl va Tuyatortar kanallarini betonlaş böyiça uç yillik dastur amalga oşirilişi belgilandi.













