Orenburg viloyati Orsk şahrining yuzlab aholisi mahalliy töğon yorilişi oqibatida bir qança hududlar suv ostida qolganidan keyin şahar markazida norozilik namoyişi ötkazdi. 8 aprel, duşanba kuni ular suv toşqinidan jabrlanganlarga tölovlarni oşirişni talab etdi va mahalliy hokimiyatni tanqid qildi.
Namoyişçilar tölovlar hajmidan noroziligini bildirdi, şuningdek, töğon falokatga sabab bölgan qoidabuzarliklar bilan qurilganini aytişdi. «Ostorojno, novosti» Telegram-kanaliga köra, yiğilganlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yordam sörab murojaatnoma yozgan.
"Putin, pomogi!" - s takimi lozungami jiteli rossiyskogo Orska vyshli na miting. Oni nedovolny razmerom vyplat postradavshim ot navodneniya. K nim priyexal mer goroda. Beseda poluchilas emotsionalnoy pic.twitter.com/cRRaHDCZ0y
— DW na russkom (@dw_russian) April 8, 2024
Rasmiylar aholini tabiiy ofat oqibatlarini mustaqil bartaraf etişga çaqirdi
Mahalliy Telegram-kanallari xabariga köra, politsiya miting ötkazilişiga xalaqit bergan, xavfsizlik kuçlari esa yiğilganlarni uning noqonuniyligi haqida ogohlantirgan. Keyinçalik namoyişçilar soni ortib, şahar rahbari Vasiliy Kozupitsa ularning oldiga kelib, şahar ma’muriyatida muzokaralar ötkaziş uçun taşabbus guruhi tuzişni taklif qildi. Namoyişçilarning bir neça vakillari bilan uçraşuvda şahar hokimi yetkazilgan zararni baholaş va tovon miqdorini aniqlaş böyiça komissiya taşkil etilişini, şuningdek, uy-joy qurilişi uçun tölovlarni va’da qildi.
Bundan taşqari, viloyat gubernatori Denis Pasler jabrlangan aholi bilan uçraşdi. U telefonlarni öçirib, şikoyat qilmaslikni, aksinça, suv toşqini oqibatlarini bartaraf etişda birdamlik va vatanparvarlik körsatişni talab qildi, deb yozadi «7x7 – Gorizontalnaya Rossiya» naşri. Pasler jabrlanganlarni öz hisobidan qutqarayotgan odamlarga işora qilib, ularni «haqiqiy vatanparvarlar» deb atadi. Yigirmaga yaqin mahalliy aholi iştirok etgan yiğilişdan söng hokimiyat 2025 yilda yangi töğon qurilişi uçun mablağ ajratişga va’da berdi. Bundan taşqari, yangi yiğiliş ötkazilişi rejalaştirilgan, unda iş natijalari e’lon qilinadi, deb yozadi «Ostorojno, novosti».
Uşbu naşrga köra, miting natijasida qölga olinganlar bölmagan. Avvalroq Orenburg viloyati prokuraturasi uşbu voqea rasmiylar bilan kelişilmagani haqida xabar e’lon qilgan edi. Şuningdek, u unda iştirok etiş uçun javobgarlik haqida ogohlantirdi.













