Şu maqsadda amalga oşirilayotgan pilot loyihada Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarga xizmat körsatişni autsorsing asosida amalga oşiriş közda tutilgan.
Loyihani amalga oşirişda Agentlik tomonidan xodimlarni bepul öqitiş, xizmatni monitoring qiliş uçun axborot tizimidan bepul foydalaniş va ijtimoiy xizmatlarni keng yoritiş taklif etilmoqda.
Uyda körsatiladigan ijtimoiy-maişiy xizmatlar quyidagilarni öz içiga oladi:
– ovqat tayyorlaş (mijozning yoşi, tabiati va allergik xususiyatlarini inobatga olgan holda) va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlab muzlatkiçda saqlab qöyiş;
– supuriş-yiğiştiriş (xonadondagi mijoz foydalanadigan barça xonalarni va jihozlarni tozalaş);
– kiyim-keçaklarni yuviş;
– gigiyena tadbirlarini amalga oşiriş;
– zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib beriş;
– xonadondagi santexnika jihozlarini ta’mirlaşda (uy-joyni boşqaruvçi taşkilotlar va boşqaruvçilarni jalb qiliş) kömaklaşiş;
– sartaroşlik xizmatidan foydalanişda kömaklaşiş;
– qarindoş va döstlar bilan yozişmalarda kömaklaşiş;
– tibbiyot va sport muassasalariga boriş va kelişda hamrohlik qiliş.
Ma’lum qilinişiça, mazkur loyihada tibbiy xizmat körsatiş yoki uyda maişiy xizmat körsatiş tajribasiga ega bölgan tadbirkorlik sub’yektlari qatnaşişi maqsadga muvofiq böladi.
Yuqoridagi xizmatlarni körsatiş imkoniyatiga ega yoki şu sohada faoliyat yurituvçi tadbirkorlar 2024 yilning 20 apreliga qadar +998881992552 telefon raqamiga yoki Telegram orqali https://t.me/s_sobirov1’ga murojaat qilişlari söralgan.
Loyiha böyiça qöşimça ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanişiş mumkin.












