«Xolod» jurnalistlarining hisob-kitoblariga köra, Rossiyada «ekstremistik hamjamiyat» deb tan olingan va 2021 yilda tugatilgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi («FBK») bilan aloqalar böyiça oçilgan jinoiy işlar doirasida hozirgaça kamida 53 nafar ayblanuvçiga ayblov e’lon qilingan. Naşrning 9 aprel, seşanba kuni yozganidek, bu faqat ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlar e’lon qilingan holatlar, biroq haqiqatda bundan ham köproq kişi ta’qibga uçragan bölişi mumkin.
«Xolod»ning hisob-kitoblariga köra, «FBK» ekstremistik işi» böyiça 53 nafar ayblanuvçining 18 nafari allaqaçon sudlangan, 19 nafari qölga olinişidan oldin xorijga çiqib ketişga muvaffaq bölgan: ularning deyarli barçasi sirtdan hibsga olingan va qidiruvga berilgan. Yana 16 nafar sudlanuvçi hukm çiqarilişini kutmoqda (12 nafari tergov hibsxonasida, biri joyni tark etmaslik töğrisida tilxat yozib bergan, yana biri ozodlikda, ikki kişining maqomi noma’lum). Bunday işlarga aloqador barça şaxslar haqiqiy qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Bundan taşqari, «Xolod» ta’kidlaganidek, ular orasida nafaqat Aleksey Navalniyning şeriklari, balki «ijtimoiy tarmoqlarda repost qilgani, qorga yozuv yozgani yoki 200 rubl xayriya qilgani uçun ta’qibga uçragan» oddiy va ba’zan tasodifiy odamlar ham bor.
Naşr hukm çiqariş böyiça statistik ma’lumotlarni tahlil qilib, sudlar «FBK»ni moliyalaşda ayblanganlar bilan eng oson iş tutişini ta’kidlaydi - ularga odatda jarima solinadi. Ekstremistik faoliyatni taşkil etiş va qatnaşişda ayblangan, öz safdoşlariga qarşi işda aybiga iqror bölgan va ayblov tarafini olgan bir neça sudlanuvçiga şartli qamoq jazosi tayinlangan.
Ayblanuvçilarning aksariyati terrorçi va ekstremist deb tasniflangan
Ellikdan ortiq ayblanuvçilarning aksariyati terrorçilar va ekstremistlar röyxatiga kiritilgan - şuning uçun ularning Rossiyadagi bank hisoblari bloklangan.
Şu bilan birga, sudlanuvçilarga «ekstremistik» moddalardan taşqari, köpinça voyaga yetmaganlarni ular uçun xavfli bölişi mumkin bölgan faoliyatga jalb qiliş, fuqarolarning şaxsi va huquqlarini buzuvçi notijorat taşkiloti faoliyatida iştirok etganlik uçun ayblov qöyiladi.
SotaVision jurnalisti Antonina Favorskaya (Kravsova) ustidan bölib ötgan sud «FBK» faoliyatida iştirok etişda gumon qilinganlar böyiça sönggi şov-şuvli işlardan biri böldi.
Advokat, «Komanda 29» va «Pervyy otdel» inson huquqlari loyihalari asosçisi Ivan Pavlov sözlariga köra, jinoiy işlarning asosiy maqsadi jamiyatni qörqitiş va Navalniyning şeriklarini qöllab-quvvatlaşdan mahrum qilişdir. «[Xavfsizlik kuçlarining] vazifasi qörqitişdir. Buning uçun köp odamlarni panjara ortiga taşlaş şart emas. Bir neçta, ammo sezilarli bölganlarni hukm qiliş kifoya. Mustaqil OAV maqsadli auditoriyaga ma’lumotlarni yetkazadi - şu tariqa, bu repressiyalar ommaviy ekaniga öxşaş samaraga erişiladi», - deya «Xolod» uning sözlarini keltiradi.








