"Dunyo" xabariga köra, uçraşuvlar davomida koreys tomoniga Qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, jumladan Toşkent davlat agrar universiteti professor-öqituvçilari, ilmiy xodim va talabalarini xorijiy davlatlarda stajirovka ötaş va malaka oşirişi yuzasidan işlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar mazkur oliy ta’lim muassasalari örtasida qişloq xöjaligi yönalişida, jumladan oziq-ovqat, meva-sabzavot, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va zamonaviy issiqxonalarni quriş böyiça qisqa muddatli öquv dasturlarni taşkil etiş va hamkorlikda konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar, maqolalar töplamini çop etiş böyiça fikr-almaşdi.

Uçraşuv yakunida Toşkent davlat agrar universiteti va Sunçon milliy universiteti örtasida hamkorlik memorandumi loyihasini işlab çiqiş va imzolaş töğrisida kelişuvga erişildi.