Oçiq raqobatdan himoyalangan biror bir korxonani oçiş orqali neçta iş örni yaratilganini aniq bilamiz, lekin bu holat neçta iş örinlari yaratilişiga tösiq bölib turganini bilmaymiz. Agar iste’molçilar bojlarga sarflayotgan pullarini özlari xohlagan boşqa narsalarga işlatganida, iqtisodiyotda paydo bölgan bu qöşimça talab hisobiga ança köproq iş örinlari yaratilgan bölardi.

AQŞda faoliyat yuritayotgan iqtisodçilar – Harvard universiteti doktoranti Botir Qobilov va Viskonsin universiteti doktoranti Behzod Hoşimov Kun.uz bilan suhbatda mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllaş va importni çeklaşga doir qator savollarga javob berdi.

— Hukumat u yoki bu sohani, masalan avtomobilsozlikni mamlakat sanoatini östirişning strategik yönalişi deb belgilab, şu sohani rivojlantirişni maqsad qilsa, buni amalga oşirişning eng töğri mexanizmlari qanaqa böladi?

Botir Qobilov: Qisqa javob beraman, eng töğri usuli – bundan voz keçiş. Hukumat qanaqadir sabablarga köra qaysidir sohalarda çempion bölamiz deb savdo sanoati darajasida qaror qabul qilsa, istalgan narsani strategiya sifatida qabul qilsa, birinçi örinda bundan voz keçiş kerak. Bunday strategiyani maqsadi iqtisodiy emas, köproq siyosiy bölişi kerak. Iqtisodiy nuqtayi nazardan buni asoslab beriş öta qiyin deb öylayman.

Behzod Hoşimov: Qöşilaman. Davlat qaysidir tovarlarni işlab çiqariş bilan şuğulllanişi kerak bölmagan taşkilot. Ya’ni davlatning funksiyalari bor, ijtimoiy, ommaviy tovarlarni yetkaziş: infratuzilma, toza havo, ijtimoiy xizmatlar, sud, xavfsizlik kabi funksiyalari bor. Lekin avtomobil, samolyot sanoatini rivojlantiriş kabi ixtiyoriy şunga öxşagan narsalar bilan şuğullanişi bizga qimmatga tuşadi. Biz yillar davomida buning uçun tölab kelyapmiz. Çunki buni davlat qilsa, samarasiz böladi, samarali bölsa ham undan keladigan yutuqlarimiz kamroq böladi.

Şuning uçun özbekistonliklarning köp iqtisodiy yöqotişlari nafaqat avtomobil, balki kundalik tovarlar bilan ham boğliq bölişi mumkin. Deylik, Özbekistonda mineral suvga 50 foiz boj bor. Çet elda 1 dollar turadigan suv, Özbekistonda 1,5 dollar. Bu degani özbekistonliklar har bir mineral suv uçun 50 foiz qimmat tölaşga mahkum. Bu – közga körinmaydigan yöqotiş. Xitoydan import qilinadigan avtomobillarga neça foiz QQS, neça foiz boj borligini bilamiz, lekin şokolad, mineral suv kabi narsalarni millionlab insonlar iste’mol qiladi. Maşina haydaydiganlar esa 10 foiz ham emas, lekin suv içadiganlar hamma. Mahalliy mineral suvçilarni himoya qiliş uçun şunday bojlar qöyilgan.

Muhim ğoya şundaki, biz hozirça avtomobillardan köra, samolyot importiga köproq pul sarflaymiz va xohlardimki, mening gapimdan keyin samolyot zavodini quraylik deb qolişmaydi. Keyin Boeinğdan xat kelmasin tağin, Özbekiston iqlimiga töğri kelmaydigan ayerobuslar kelyapti deb…

Botir Qobilov: Yana bir qöşimça. Hukumat maşina işlab çiqariş biznesi yoki aytaylik paypoq işlab çiqariş biznesini özining strategik yönalişi deb qabul qilsa, buni eng katta ikkilamçi ta’siri – öşa sohaga xususiy öyinçilar kirib kelişini tösadi yoki mavjudlarini çiqarib taşlaydi. Kelajakda öşa bozorga taşqaridan investitsiya qilişi mumkin bölgan xususiy kapitalni yöq qiladi. Hukumat biror sohani strategiya sifatida qabul qilsa, kiçkina bolani 50 yil davomida parvarişlab, taşqaridagi hamma qiyinçiliklardan asrab kelişi öşa bozorga pul tikaman degan istalgan işlab çiqaruvçining iştiyoqini nolga çiqaradi.

Behzodning misoliga töxtalaman, çet ellik mineral işlab çiqaruvçi Özbekistonga kiraman desa-yu, hukumat ikkita yoki bitta mineral suvçini avaylab asrab kelayotgan bölsa, tabiiyki, unga heç kim kelmaydi, investitsiya qilmaydi. Çunki ertaga hukumat bitta qaror bilan öşa bozor qoidalarini özgartirib qöyişi mumkin.

— Iş örinlari haqida nima deya olasizlar? Aytaylik, hukumatning qöllovi bilan biror yirik korxona taşkil etilsa, bu minglab odamlar işli böladi degani. Agar bu korxona himoya qilinmasa, minglab işçi örinlari xavf ostida qoladi, degan qaraş bor.

Behzod Hoşimov: Yaratilgan iş örinlari közimizga körinişi mumkin, lekin yaratilmay qolayotgan alternativ iş örinlari körinmaydi. Masalan, 200 mln dollarga Toşkentda “Hyatt Regency” mehmonxonasini quriş orqali aytaylik 200ta iş örni yaratilgan, bu har bir işçi örni uçun 1 mln dollar tölangan degani. Bir kişi 1 mln dollar topişi qiyin, boşqa zavodlar ham bor, ularda ham har bir işçi örnining narxi 1 mln dollar atrofida.

Asosiy argument, davlat hisobidan strategiyalar natijasida yaratilgan iş örinlarini hisobotlarda şunça iş örin yaratdik deyiş mumkin, lekin uning natijasida yaratilmay qolgan iş örinlari közimizga körinmaydi, xolos. Lekin ular yöq degani emas. Şuning uçun iş örinlari haqidagi muhokamaning xatoligi şundaki, öşa investitsiya, pul, mablağlar iqtisodiyotning samaraliroq sohalariga sarflansa, köproq iş örni yaratilardi. 15-16 millionta mehnatga layoqatli xalqimiz bor, ularning aksari juda kiçkina korxonalarda işlaşadi. Davlat hisobidan yuzlab millionlik qarzlar olinib, yoki subsidiyalar berilgan korxonalarda köp bölsa 30 mingta odam işlaydi. Mehnat bozoriga qarasak, bu piçoqqa ilinadigan raqam ham emas. Bizda har yili yuz minglab odamlar işini yöqotadi va yana qaytib işga joylaşadi.

Bu nafaqat Özbekistonda, balki köp mamlakatlarda közböyamaçilik uçun qilinadigan işlar, siyosiy sabablarga köra iş örinlarini rökaç qilişadi. AQŞda ham qanaqadir narsaga boj qöyişadi va öşa bojni lobbi qilgan senator “şu boj hisobiga ştatda 50ta iş örni yaratildi” deydi. Odamlarning daromadi kamaygani hisobiga yaratilmagan iş örinlari esa körinmayapti.

Masalan, 100 dollarlik kompyuterga 50 foizlik boj joriy qilsangiz, uni 150 dollardan sotib olişga töğri keladi. Demak, har bir kompyuter sotib oladigan odamda boşqa joyga işlatişi mumkin bölgan 50 dollar samarasiz ketyapti. Kompyuterning örniga nimani qöysangiz qöying. Iste’molçi öşa işlatmagan 50 dollarini boşqa narsaga sarflardi: bolasiga kitob, qalam olib berardi, parkka olib borardi, ya’ni işlatmasdan saqlab ötirmasdi. Qançadir iş örni yaratiş uçun nimanidir qimmatga sotib olişga majbur bölyapmizmi, öşa farqdagi pulni heç narsaga işlatmay yoqib yubormaydi-ku iste’molçi. Agar biz bir yilda bojlar hisobiga 500 ming dollar köproq tölamay, öşa 500 ming dollarni özlari tanlagan boşqa narsalarga sarflaganda, iqtisodiyotda yuzaga kelgan 500 ming dollarlik qöşimça talab hisobiga ança köproq iş örni yaratilgan bölardi.

Botir Qobilov: Yaqinda şu mavzu haqida podkastda gaplaşgan edik Behzod bilan. 2023 yilda tadqiqot çiqqandi, AQŞ va Xitoy örtasidagi tariflar kuraşida impitiv topilmalardan biri şundaki, Tramp adminstratsiyasi temirga bojlarni qöşimça iş örinlari yaratiş uçun qöygandi. Ular Xitoydagi iş örinlarini Amerikaga olib kelamiz deb va’da bergandi, lekin taqdiqot körsatgan edi-ki, AQŞda temir işlab çiqariş böyiça iş örinlari yaratilmagan. Buning asosiy foydasi Trampga ovoz beradigan respublikaçilar yaşaydigan tuman va ştatlarda öşa siyosatni qöllab-quvvatlaydiganlar soni oşgan. Buning asosiy sabablaridan biri iş örinlari, proteksionizm asosida köpinça iqtisodiy emas, siyosiy motiv turadi.

Hukumat iş örinlari yaratiş biznesida bölmasligi kerak. Özi hukumat uçun nominal iş örinlari yaratiş qiyin iş emas, qoğozda bir kunda millionta iş örni yaratiş mumkin. Qanaqadir yangi vazirlik tuzasiz, mingta ştat yaratasiz, mingta haydovçi, mingta yordamçi va mingta yordamçisining yordamçisi qilsangiz, bir kunda 100 mingta iş örni paydo böladi. Lekin bu iş örni yaratiş degani emas, bu xuddi davlat tekin nafaqa tarqatişi bilan teng.

Agar u yoki bu bozor oçilsa, himoya qilib kelingan u yoki bu korxona taşqaridan kelayotgan raqobatga çiday olmasa, bu vaziyatda hukumatning örni qanday bölişi kerak degan savol tuğiladi. 30 mingta odam işsiz qolib ketyapti, degan savolni hukumat öziga özi beradi. Çunki bu 30 mingta odamning ovozi bor, AQŞ konteksida gapirsak, kasaba uyuşmalari bor. Lekin erkin savdo natijasida qaysidir korxona yopilib ketib, odamlar işsiz qolsa, bunda hukumatning örni umuman boşqaça bölişi kerak: ta’lim va tibbiyotga pul tikiş. Samarasiz joyda işlatilayotgan 30 mingta odamni uşlab turiş emas, balki erkin bozor natijasida samarali korxonalarni soliqqa tortgan holda tibbiyotga, ta’limga yönaltirib, odamlar özlari yangi til, bilimlarni özlaştirişi, iqtisodiy zanjirda kerakli böliş uçun imkon yaratişi kerak. Bu oddiy, maktab, institut, boğça va ijtimoiy sohalar.

Behzod Hoşimov: Qisqa hazil bor. Amerikalik iqtisodçi Xitoyga borsa, kanalni ketmonda qazişayotganini köradi. Iqtisodçi “nima uçun ekskavatorlarda qazimayapsizlar, sizlarda bu narsa bor-ku?” desa, xitoyliklar “siz tuşunmayapsiz, bizda maqsad iş örinlarini yaratiş, bu yerda yuz minglab odamlar işlayapti”, deydi. Iqtisodçi “unda çoy qoşiq bersanglar bölarkan, yanada köproq iş örni yaratilardi” deydi.

Samarasiz iş örinlarini yaratiş çegarasiz, lekin çoy qoşiq berib kanal qaziyotganlarga qaçondir: “Böldi, bu iş tugadi” deyilsa, bittada 50 mingta iş örni yöqolişi mumkin. Lekin bunga avvalboşdan yöl qöyilgan xatoning tuzatilişi deb qaraş kerak. Ikkinçidan, bojlar yöq bölgani natijasida boylik köpayib, u samarali sohaga yönaltirilganda yaratiladigan iş örinlari közga körinmaydi.

Madina Oçilova suhbatlaşdi.