Şveytsariya tomonidan taşkil etiladigan va Ukraina mojarosiga bağişlangan sammit iyun oyida Byurgenştokda bölib ötadi. Yaqin kunlarda mamlakat hukumati taklifnomalarni aniq sanalari bilan jönatadi. Bu haqda Şveytsariya prezidenti Viola Amherd ma’lum qildi.

«Federal kengaş bugun konferensiya ötkazişga qaror qildi. U 2024 yil iyun oyida Nidvalden kantonidagi Burgenştokda bölib ötadi. Aniq sanalari körsatilgan taklifnomalar yaqin kunlarda yuboriladi», dedi Amherd.

Bloomberg xabariga köra, sammit 15-16 iyun kunlari ötkaziladi. Şveytsariya G7 a’zo davlatlari, Yevropa Ittifoqi va Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika, Braziliya, Efiopiya va Saudiya Arabistoni kabi Global Janub vakillari bilan muzokaralar ötkazgan. Şveytsariya hukumati öz bayonotida hozir tinçlik jarayoni boşlanişi uçun barça şaroitlar yaratilganini da’vo qilmoqda.

Sammit Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy taklif qilgan «tinçlik formulasi» asosida ötkaziladi. Tadbirda 80 dan 100 tagaça davlat taklif etilişi mumkin. Şveytsariya taşqi işlar vaziri Inyatsio Kassis sammitga Rossiyani ham taklif qilişga çaqirmoqda.

Öz navbatida, Rossiyaning Berndagi elçixonasi heç qanday taklif olmaganini ma’lum qildi. Elçixona Rossiyaning pozitsiyasini ham eslatdi: u taklif qilingan taqdirda ham sammitda qatnaşmaydi. Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Şveytsariya işonçni yöqotgani uçun Ukrainada vositaçi böla olmasligini aytdi.