“Ayrim qonun hujjatlariga tamakini va nikotinni iste’mol qiliş moslamalari, elektron sigaretalar hamda tamakini qizdiriş tizimlarini, şu jumladan ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining muomalasini taqiqlaş va javobgarlik belgilaş böyiça özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Tahlillarga köra, elektron sigaretalarni çekuvçi ösmirlar va yoşlar salmoği katta yoşdagilarga nisbatan uç barobar köp.
Hujjatda aytilişiça, maktablarning yuqori sinf öquvçilari orasida elektron sigaretalarga qiziqiş tez sur’atlarda ortmoqda, xususan, 26,6 ming öğil bolalar va 8,6 ming qiz bolalar çekişga moyil;
Maktab va jamoat joylarida ötkazilgan reydlarda öquvçilardan olingan elektron sigaretalar soni yildan yilga tobora oşib bormoqda. 2019 yilda 6 ta holat, 2020 yilda - 27 ta, 2021 yilda - 31 ta, 2022 yilda - 856 ta, 2023 yilda – 1040 ta aniqlangan.
18-29 yoşdagi aholi orasida tamakini qizdiriş tizimidan foydalaniş darajasi (252 ming nafar) 30-69 yoşdagi aholiga (94,2 ming nafar) nisbatan 2,5 baravardan köp. Agar zarur çoralar körilmasa, kelgusida yoş avlodning har beşinçisi (20 foiz) nikotinga qaramlikdan aziyat çekadi.
Şu munosabat bilan:
- birinçidan, Özbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdiriş tizimlari muomalasini taqiqlaş;
- ikkinçidan, uşbu mahsulotlar muomalasini taqiqlaş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik belgilanişi mumkin.
Özbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdiriş tizimlari muomalasini taqiqlaş maqsadida loyihada qator jihatlar nazarda tutilmoqda.
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişini hamda iste’mol qilinişini çeklaş töğrisida”gi qonunga tamakini hamda nikotinni iste’mol qiliş moslamalari, elektron sigaretalar hamda tamakini qizdiriş tizimlarini, şu jumladan ayrim turdagi tamaki mahsulotlarini mamlakatga olib kiriş, Özbekiston hududi orqali tranzit qiliş hamda Özbekiston hududida işlab çiqariş, realizatsiya qilişni taqiqlovçi taalluqli özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş, realizatsiya qiliş, şuningdek Özbekiston hududiga olib kiriş va Özbekiston hududidan olib çiqiş, şuningdek Özbekiston hududi orqali tranzit qiliş, şunday harakatlarni sodir etgan aybdor şaxslarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortişni nazarda tutuvçi normalar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga, Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.













