Qozoğiston Senati ikki öqişda «Qozoğiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlaş böyiça özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni ma’qulladi. Endi qonun tasdiqlaş uçun prezident Qosim-Jömart Töqayevga yuboriladi.
Qonun oiladagi zöravonlik va qasddan badanga yengil şikast yetkaziş uçun jazoni kuçaytiradi: endi bunday xatti-harakatni sodir qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jumladan, jarima, jamoat işlari yoki 50 sutkagaça qamoq. Bungaça zöravonlar faqat ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Endi jismoniy zöravonlik va voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar uçun jinoiy protsessda tomonlarning yaraşuviga imkon berilmaydi. Şuningdek, Jinoyat kodeksiga «Ön olti yoşga tölmagan şaxslarga nisbatan jinsiy tahqirlaş» moddasi kiritiladi. Qonunda öz joniga qasd qilişni tarğib qiliş ham jinoiy javobgarlikka tortilişi belgilangan.
Şu bilan birga, Ma’muriy javobgarlik kodeksiga bolalarga taalluqli quyidagi moddalari kiritiladi:
- voyaga yetmagan bolaning xavfsizligini ta’minlaş çoralarini körmaganlik uçun ota-onalarning yoki boşqa qonuniy vakillarning javobgarligi;
- voyaga yetmaganni qörqitiş (bezorilik, kiberbulling) uçun javobgarlik;
- ota-onasi va (yoki) qonuniy vakili hamrohligisiz sayohat qilayotgan ön olti yoşga tölmagan şaxsni jamoat transportidan majburan tuşirib yuborganlik uçun javobgarlik.
Ma’lumotlarga köra, Qozoğistonda sönggi tört yarim yil içida oiladagi zöravonlikdan 869 kişi halok bölgan. Oğir tan jarohati yetkaziş böyiça 2086 ta holat qayd etilgan. 2023 yilda huquq-tartibot organlariga oilaviy zöravonlik böyiça 100 mingga yaqin murojaat kelib tuşgan. Bu sönggi beş yilga nisbatan uç barobar köpdir.













