Afğonistonda mavsumiy yomğirlar sabab bölgan suv toşqinlari kamida 33 kişining hayotiga zomin böldi. Yana 27 kişi jarohat olgan. Bu haqda 14 aprel, yakşanba kuni «Tolibon» harakati vakillari ma’lum qildi.

Afğoniston tabiiy ofatlarni boşqariş vazirligida toliblar vakili Abdulla Janan Sayyekning ma’lum qilişiça, 12 aprel kuni poytaxt Kobul va mamlakatning bir qança viloyatlarida suv toşqinlari kuzatilgan. Unga köra, 600 dan ortiq uy vayronaga aylangan, 200 ga yaqin çorva mollari nobud bölgan. Şuningdek, suv toşqini 800 gektarga yaqin qişloq xöjaligi ekinlari va 85 kilometrdan ortiq yöllarga zarar yetkazdi, dedi Sayyek.

Mahalliy meteorologiya departamenti, öz navbatida, yaqin kunlarda Afğonistonning 34 viloyati aksariyatida yomğir yoğişi kutilayotgani haqida ogohlantirdi. Prognozga köra, eng köp yoğingarçilik Ğazni, Kobul, Qandahor va Nangarhor viloyatlariga töğri keladi.

Xorijdan kelayotgan yordam kamaydi

2021 yilda Afğonistonda «Tolibon» hokimiyatni qölga kiritganidan söng, bu Osiyo davlatiga taşqi yordam hajmi pasayib ketdi, deb ta’kidlaydi AFP. Bu tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etişni qiyinlaştiradi.