Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev toşqindan jabr körgan har bir viloyat, tuman va qişloqlarga mahalliy milliarderlarni biriktirmoqçi. Bu haqda davlat rahbari Tobol şahridagi tezkor ştabda Qöstanoy viloyati aholisi bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
«Bizda Forbes röyxatiga kiritilgan juda boy tadbirkorlar bor. Biz ular bilan gaplaşib, har bir viloyat, tuman, qişloqqa nomma-nom biriktiramiz», dedi Töqayev.
Prezident bu çora işbilarmonlar manfaatiga mos ekanini, ular öz yordami samarasini körişini, davlatning e’tiboridan çetda qolmasligini ta’kidladi.
Töqayev qozoğistonlik oligarxlarga yordam sörab birinçi marta murojaat qilayotgani yöq. 2022 yil yanvardagi tartibsizliklardan söng, prezident topşiriğiga köra «Qozoğiston xalqiga» jamğarmasi tuzilib, unga yirik tadbirkorlar va korxonalar öz hissalarini qöşgan edi.
Qozoğistondagi hozirgi suv toşqinlari sönggi 80 yildan ortiq vaqt içida sodir bölgan eng yirik tabiiy ofatdir. Respublikaning bir qator viloyatlarida favqulodda holat e’lon qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining sönggi ma’lumotlariga köra, mart oyi boşidan buyon xavfli hududlardan evakuatsiya qilinganlar soni 117 ming kişiga yetgan.
Misli körilmagan suv toşqinlari sababli Qozoğistonda davlat darajasidagi yirik tadbirlar, xalqaro konferensiya va forumlar bekor qilindi. Bu budjet mablağlarini tejaş va toşqindan zarar körgan hududlarga yönaltiriş bilan izohlandi.













