Qozoğistonda Markaziy Osiyo davlatlari suv xöjaligini muvofiqlaştiruvçi komissiyaning navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda 2023-2024 yillar vegetatsiya mavsumida suv omborlari limitlari va iş rejimlaridan foydalaniş yakunlari muhokama qilindi.
Eng muhim masala Sirdaryo va Amudaryo havzalarida 2024 yilgi vegetatsiya davri uçun mamlakatlarning suv oliş limiti va suv omborlari kaskadining prognoz iş rejimini tasdiqlaş böldi.
Hozirça komissiya rasmiy saytida mintaqa davlatlari tomonidan dalalarni suğoriş uçun qança suv olinişi, Orol dengiziga qança suv yetkazilişi haqida ma’lumot yöq.
Har yili limitga köra Amudaryo havzasidan suv oliş 56 milliard kub metrni taşkil etadi, şundan 40 milliard kub metrga yaqin suv vegetatsiya davrida – apreldan oktyabrgaça töğri keladi. Kelişuvga köra, ötgan yillarda vegetatsiya davrida Tojikistonga 6,9 milliard kub metr, Özbekistonga 16 milliard, Turkmanistonga 15,5 milliard kub metr suv yetkazib berilgan.
Sirdaryo havzasidan har yili suv oliş limiti esa taxminan 11,9 milliard kub metrni taşkil etadi, şundan Tojikistonga 1,9 milliard kub metr, Özbekistonga 8,8 milliard, Qozoğistonga 920 million, Qirğizistonga 270 million kub metr suvni yozgi vegetatsiya davrida oliş mumkin.
2024 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida suğoriladigan yerlar maydoni:
- Özbekiston – 4,3 mln gektar;
- Qozoğiston - 2,5 million gektar;
- Turkmaniston - 1,9 million gektar;
- Qirğiziston - 1 million gektar;
- Tojikiston - 0,68 million gektar.
Özbekiston va Tojikiston çegarasida transçegaraviy suvlarni nazorat qiliş uçun gidropostlar oçildi













