Qozoğistonlik milliarderlar mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning çaqiriğiga javob berib, suv toşqinidan jabr körgan hududlarga qöşimça mablağ ajratdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Jumladan, Bulat Utemuratov Aqtöbe viloyati aholisi uçun 10 milliard tenge (≈283 mlrd söm) ajratiş orqali ularni qöllab-quvvatlaşga qaror qildi. Mablağ uysiz qolgan qozoğistonliklar uçun uy-joy qurişga sarflanadi.
Timur Kulibayev Atirau viloyatiga yordam beriş uçun 30 milliard tenge (≈851 mlrd söm) ajratdi. Mablağlar uy-joy quriş va rekonstruksiya qiliş, infratuzilma obektlarini tiklaş, şuningdek, suv toşqinlaridan jabr körgan aholini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
Kazakhmys kompaniyalar guruhi, KAZ Minerals, Altynalmas, Karazhyra va RBK Bank toşqinlardan jabr körgan qozoğistonliklarga yordam beriş uçun qöşimça ravişda 40 milliard tenge (≈1,1 trln söm) ajratdi. Mablağlar infratuzilmani tiklaş va ijtimoiy obektlar: bolalar boğçalari, maktablar, şifoxonalar, şuningdek, turar-joy binolarini qurişga yönaltiriladi.
Öz navbatida Kaspi kompaniyasi hammuassislari Vyaçeslav Kim va Mixail Lomtadze Şimoliy Qozoğiston va Aqmöla viloyatlariga 20 milliard tenge (≈566 mlrd söm) ötkaziş orqali yordam berişini ma’lum qilişdi. Pul yangi uy-joy quriş uçun emas, balki hududlarni tiklaş uçun sarflanadi.
Avvalroq, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev toşqindan jabr körgan har bir viloyat, tuman va qişloqlarga mahalliy milliarderlar biriktirilişini ma’lum qilib, «Bizda Forbes röyxatiga kiritilgan juda boy tadbirkorlar bor. Biz ular bilan gaplaşib, har bir viloyat, tuman, qişloqqa nomma-nom biriktiramiz», degan edi.
Qozoğistondagi hozirgi suv toşqinlari sönggi 80 yildan ortiq vaqt içida sodir bölgan eng yirik tabiiy ofatdir. Respublikaning bir qator viloyatlarida favqulodda holat e’lon qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining sönggi ma’lumotlariga köra, mart oyi boşidan buyon xavfli hududlardan evakuatsiya qilinganlar soni 117 ming kişiga yetgan.
Misli körilmagan suv toşqinlari sababli Qozoğistonda davlat darajasidagi yirik tadbirlar, xalqaro konferensiya va forumlar bekor qilindi. Bu budjet mablağlarini tejaş va toşqindan zarar körgan hududlarga yönaltiriş bilan izohlandi.













