AQŞ Kongressining Vakillar palatasi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukraina foydasiga foydalanişga doir qonun loyihasini qabul qildi.
Qonun loyihasi, şuningdek, milliy xavfsizlik ustuvorliklarini, jumladan, Eronga qarşi sanksiyalar, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qiliş va TikTok ijtimoiy tarmoğini butun mamlakat böylab taqiqlaşga olib keladigan çoralarni öz içiga oladi. Qonunni 360 kongressmen yoqladi: 186 respublikaçi va 174 demokrat.
Qonun loyihasi, xususan, ijro hokimiyatiga Rossiyaning Qöşma Ştatlarda saqlanayotgan muzlatilgan aktivlarini musodara qiliş va Ukrainaga beriş imkoniyatini nazarda tutadi. Natijada Ukraina taxminan 8 milliard dollar olişi mumkin.
Endi qonun loyihasi AQŞ Senati tomonidan tasdiqlanişi kerak.













