“Hozir ayni payti” - tahlilçilar Markaziy Osiyoda integratsiyani boşlaş zarurati haqida
|00:20 / 21.04.202416 22821 min
Markaziy Osiyoda umumiy xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvçi integratsiya jarayonlarini boşlaş uçun tarixiy mas’uliyat – mintaqa markazidagi Özbekistonning zimmasida, deydi siyosiy tahlilçilar. Xöş, 90-yillarda boşlanib töxtab qolgan jarayonga hozir nima tösqinlik qilyapti?
Markaziy Osiyodagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy integratsiya jarayonlari va istiqbollari qay holatda ekani haqida Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Şuhrat Rasul, Oybek Sirojov va Kamoliddin Rabbimov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
— Markaziy Osiyoda integratsiya bilan boğliq hozirgi vaziyat qay holatda?
Şuhrat Rasul: — Possovet hududida Boltiqböyi davlatlari Yevropa integratsiyasiga qöşildi, Kavkazorti davlatlari ham öz yölini topdi yoki izlanişda. Markaziy Osiyo uçun esa Rossiya tomonidan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Xitoy tomonidan Şanhay hamkorlik taşkiloti taklif etilyapti. Uçinçi variant esa Markaziy Osiyo davlatlarining özining birlaşuvi.
Bular içida eng zaifi – YeOII,bunki bu imperiyaçilik loyihasi. Rossiya xaspöşlab çiroyli körsatmoqçi böldi, lekin oxirgi vaqtlarda haqiqiy yuzi körinib qolyapti. 2017 yilda Nursulton Nazarboyev bu loyihani çuqurlaştiriş, xususan yagona pul birligi va yagona institutlar joriy etişga degandi. Aynan öşa yili prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev MO böyiça maslahat formatini oçgandi. Hozirga qadar jami 5 ta maslahatlaşuv uçraşuvlari bölib ötdi.
Oybek Sirojov: — Özi MOda integratsiya bormi, degan masalani qöyiş kerak oldin. Menimça, MOda integratsiya yöq, integratsiyadan oldingi jarayonlar bor, ya’ni köp tomonlama hamkorlikning rivojlanişi bosqiçidamiz.
Mintaqaviy integratsiyaning muhim mezoni – manfaatlar tengligi, kuçlar muvozanati, özaro işonç masalasi ustuvorlik kasb etişi. Yuqorida aytilgan loyihalardan birida Rossiya manfaati, birida Xitoy manfaati ustuvor va bular MO integratsiyasi uçun platforma bölolmaydi.
Hozirda MO maslahatlaşuv uçraşuvlari – bugun mintaqa davlatlarini birlaştirgan yagona siyosiy format. MO integratsiyasiga intiliş 90-yillarda boşlangandi, Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati, Markaziy Osiyo Hamkorligi Taşkiloti kabilar bölgandi. Bularning hammasi Rossiya aralaşuvi bilan integratsion ahamiyatini yöqotib boryapti.
Mavzuga oid
Köpçilik ekspertlar MO integratsiyasiga tösiqlardan biri mintaqada “katta oğa” vujudga kelişidan xavotir omili deydi. Şu muammolarni hal etişda MO maslahatlaşuv kengaşi ideal institut böloladi.
— Bölib ötgan 5 ta maslahatlaşuv kengaşi yetarli emasmi?
Oybek Sirojov: — Albatta, bu kengaş endi yangi darajaga çiqişi kerak. Masalan, YeI integratsiyasini misol qilib olsak, davlatlar ustidan yuqori turuvçi mintaqaviy taşkilot bölişi va u ma’lum vakolatlarga ega bölişi kerak. Milliy hukumatlar mintaqaviy taşkilotga ma’lum vakolatlarni berişi kerak böladi.
MO maslahatlaşuv kengaşi öz missiyasini bajarib kelyapti, lekin uni takomillaştiriş uçun turli yondaşuvlarni öylaş kerak böladi.
Kamoliddin Rabbimov: — Bir qança nuqtalar bor. Har qanday integratsiya ma’lum bir darajada öz suverenitetidan voz keçib, ma’lum qadriyatlar asosida birlaşuvni anglatadi. Bugungi kunda MO atrofidagi, içidagi geosiyosiy kontekst şundayki, integratsiya borasida ehtiyotkorlik kuçli. Davlat koridorlaridagi mulozimlar aytadiki, biz integratsiya uçun taşkilot tuzsak, şu zahoti Rossiya tomonidan qöşiliş arizasi tuşadi va e’tiroz bildiriş qiyin böladi, deyişadi.
Integratsiyaning birinçisi qadriyatlar böladi: nima uçun birlaşiş kerak, içki muammolar nima, taşqi tahdidlar qanday, degan masala. Masalan, YeI birlaşuvida içkaridagi millatçilik, qudratli davlatlar raqobati, faşizm va taşqi dunyodagi totalitar bosim asosiy omillar bölgan. MO davlatlari integratsiya zaruratini yaxşi anglaydi, ya’ni biz birlaşişimiz kerak, lekin ayni paytda iqtisodiy, millatçilik, ba’zan davlatlararo nosoğlom raqobat kabi muammolar bor.
Integratsiyaning asosiy zarurati – taşqi tahdid omili. 100 dan 70 foiz taşqi tahdid omili, deyiş mumkin. Agar birlaşmasak, qudratli davlatlar bizni yutib yuboradi, mustaqilligimizni yöqotamiz, degan tafakkur jamiyatlarda, hokimiyatlarda bor.
Lekin geosiyosiy mustaqillik darajasi respublikalarda farq qiladi. Masalan, Qirğiziston taşqi tahdidni Qozoğiston yoki Özbekistondagi darajada anglamaydi, xavotir olmaydi. Rasmiy Bişkek uçun Rossiya yaxşi yönaliş bölişi mumkin, Xitoy ham. Lekin rasmiy Toşkent va Ostonadagi tafakkur boşqaçaroq.
Bugungi kunda Markaziy Osiyoda integratsiya yöq. Töğri, davlatlar örtasida yaqinlaşuv böldi. 2016 yilda Özbekistonda hokimiyat özgargaç, munosabatlar yaxşilana boşladi. Ungaça, ayniqsa, 2010 yillarda MO ikkiga bölingandi: bir tomon geosiyosiy jihatdan Rossiya tarafdori, bir taraf Ğarb tarafdori edi. Bugun mintaqada geosiyosiy ziddiyat yöq, lekin integratsion jarayon ham deyarli közga taşlanmayapti.
— Nega hozirgaça jiddiy natijalarga erişolmadik? Vaholanki, mustaqillikni dastlabki yillaridan bu borada sa’y-harakatlar boşlangan edi. MO integratsiyasiga tösqinlik qiluvçi qanday omillar bor?
Şuhrat Rasul: — Yuqorida Rossiya integratsion platformaga qöşilib oladi, deyildi. Tarixda şunday bölgan ham. Birinçi Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati Rossiyasiz, institutsional şakllangan edi. Lekin 90-yillar oxirida bu yangi taşkilotga qöşilib ketdi, çunki Rossiya kirib olgan edi. Kelajakda ham şunday xavf bölişi mumkin.
Madaniy birlikdan taşqari, iqtisodiy integratsiya ham bölişi, davlatlar bir-biriga iqtisodiy boğlanişi kerak. Masalan, Özbekiston göşt, sut mahsulotlarini Yevropadan, hatto Braziliyadan oladi. Lekin şu narsalar Qozoğiston, Qirğizistondan çiqsa, ular ham bizdan kuçli bölgan sohamiz böyiça mahsulot olsa, keyin siyosiy integratsiya haqida gapirsa böladi.
Muammo nimada? Muammo şundaki, ma’lum sohalarda bizdan kuçliroq texnologiyalarga ega qöşnimiz yöq. Qirğiziston, Qozoğistonda göşt köp bölişi mumkin, lekin mehnat unumdorligi past bu sohada. Masalan, bitta Niderlandiya sigiri qança sut beradi-yu, Qirğiziston sigiri qança sut beradi.
Bir-biriga iqtisodiy boğlanib, zaruratlar paydo bölsa, örtada tovar aylaniş kuçaysa, şu maqsadga boradi. Qozoğistonning savdo şeriklari içida Özbekiston bor-yöği 5-örinda, çunki biz qozoqlarga bizdan tepada turgan 4 ta davlat taklif qiladigan narsalarni taklif qilolmaymiz. Qirğiziston, Tojikiston bilan ham şunday. Albatta, 15 yil oldingi holat bilan soliştirsa, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi savdo aylanmasi 2,5 barobar, Özbekiston va Tojikiston örtasidagi savdo aylanmasi esa 10 barobar, Qirğiziston bilan esa 7-8 barobar oşdi. Jarayon boşlandi, Özbekiston oçildi. Birinçi ma’muriyat bu jarayonlarga ma’lum bir tösiqlar qöygandi. Şu sabab Tojikiston, Qirğiziston bilan savdo aylanmamiz deyarli nol darajada edi. Avval iqtisodiy munosabatlar yaxşilansa, keng integratsiyaga zarurat paydo böladi.
Oybek Sirojov: — Davlatlar mustaqil bölgaç, 90-yillarda asosiy muammosi şu bugungi kunini ötkaziş bölgan. Integratsiya esa kelajak uçun böladi. Iqtisodiy muammosi bor davlatda integratsiya uçun mablağ ajratiş ham ança murakkab böladi. Ikkinçi tomondan taşqi kuçlar ta’siri katta rol öynagan: mustaqillikning dastlabki yillarida köp işlar qilingan integratsiya böyiça, lekin Rossiya ta’sirida söngan bu.
Uçinçi muammo esa Markaziy Osiyo integratsiyasiga nima asos bölişi böyiça aniq töxtamga kelinmagan. 90-yillardan buyon integratsiyasiga sabab madaniy, tarixiy birlik ekani aytiladi. Lekin undan keyin-çi? Buning özi kamlik qiladi, bu integratsiyadan davlat, xalq manfaatdor bölişi kerak, şuni anglaşi kerak, şu sabab iqtisodiy asos katta rol öynaydi. YeIda birinçi pölat-kömir uyuşmasi taşkil qilingan edi va bu integratsion jarayon uçun asoslardan biri böldi, ya’ni iqtisodiyot va siyosat uyğunlaştirib borilgan.
Yana bir iqtisodiy sabab bor. MO davlatlari asosan xomaşyo yetiştiradi. Bu esa integratsiyaga emas, köproq raqobatga işlaydi. Agar işlab çiqariş rivojlangan bölsa, bu integratsiya uçun asos böladi.
Öz vaqtida davlat rahbarlarining siyosiy ambitsiyalari ham muhim rol öynagan. Çegaralar minalaştirilgan, masalan. Bu narsadan taşqi kuçlar foydalangan. Ular muammoni özimizning içimizdan çiqarib, özlari hakamlik qila boşladi, lekin muammoni hal qilmaydi, çunki bundan manfaatdor emas.
— AQŞ, Rossiya va Xitoy kabi davlatlarning özaro raqobati MO integratsiyaga qanday ta’sir qilyapti?
Kamoliddin Rabbimov: — Sovuq uruşdan keyin dunyoda köp qutblilik uçun kuraş ketyapti. Yaqin Şarqdagi, Ukrainadagi uruş ham şunga misol va bu tendensiya kuçayaveradi. Şu fonda dunyodagi qudratli davlatlarning MO integratsiyasi böyiça pozitsiyasi har xil böladi. Masalan, AQŞ va YeI MOni alohida sub’yekt sifatida köradi, bu ijobiy holat, çunki kollektiv ğarb MOning Xitoy tomonidan iqtisodiy, Rossiya tomonidan geosiyosiy yutilişini istamaydi. Bunday tahdid, muammo potensiali yuqori. Çunki Rossiya sovet ittifoqi qulaşini 20-asr fojiasi deb biladi. Xitoy manfaati esa Şarqiy Turkiston masalasiga teginilmasligi. Xitoy töğridan töğri bosib olişni reja qilmasligi mumkin, lekin özi uçun qulay qutb yaratişga intiladi.
MO borasida turfa qaraş, ziddiyatli manfaatlar bölişi tabiiy. Asosiy masala mintaqa davlatlarining öziga taqaladi. Biz özimizda potensial yaratib, taşqi kuçlar ta’sirini söndirolsak, marrani olgan bölamiz.
Markaziy Osiyo – geografik jihatdan possovet hududidagi eng katta mintaqa. Hozirda Ukraina va Kavkaz Rossiya ta’siridan çiqqan, Boltiqböyi butkul Yevropaga tortilgan, Belarus esa kiçik hudud. Şu tariqa, possovet makonida Rossiyaga qarşi bölmagan, normal munosabatlar saqlab turgan eng katta hudud – Markaziy Osiyo. 2016 yildan beri MO köp vektorli geosiyosat olib boryapti, yagona geosiyosiy yönaliş tanlamagan. Bir tomondan unikal holat, lekin boşqa tomondan mintaqa murakkab ahvolda ekanini ham körsatadi. Ertami-keçmi tanlov qiliş yoki strategiya tanlaş kerak böladi. Haliga qadar mintaqaning Xitoy, Rossiya, AQŞ geosiyosati böyiça strategiyasi yöq.
Şuhrat Rasul: — Uçta integratsion loyiha haqida gapirdik, bittasi imperiya loyihasi. Bu loyiha davlatçilikni yöqotişni nazarda tutadi. Yaqinda Medvedev ham Rossiyaning ikkita çegarasi bor, biri rasmiy, biri tarixiy-strategik deb oçiqça aytdi. Putinning sovet ittifoqi qulaşini 20-asr fojiasi deyişi bilan egizak fikr bu ham.
AQŞ esa Modagi integratsiya jarayoniga boş bölolmaydi, geografik tomonni ham hisobga oliş kerak. Xitoyning ham MOga öz qaraşlari bor, Şarqiy Turkiston omili sabab turkiy xalqlar yaşovçi MO Xitoy uçun muhim, ya’ni hududiy yaxlitligi masalasi. Xitoyning integratsion loyihasi – “Bir makon – bir yöl”, ya’ni Buyuk ipak yölini tiklaş, bu orqali Xitoy dengiz yölidan köra arzonroq kontenintal yölni oçmoqçi.
Oybek Sirojov: — MO integratsiyasidan Rossiya manfaatdor emas, xuddi şunday Xitoy ham manfaatdor emas. Agar “Bir makon – bir yöl”da integratsiya ustuvor bölganida Qozoğiston uçun alohida, Turkmaniston uçun alohida yöl qilişga hojat yöq edi.
Xitoyning mintaqa davlatlari bilan hamkorligida asosan ikki tomonlama hamkorlikka urğu beryapti. Faqat 2023 yildagina C5+1 formati böldi, bu esa katta ehtimol bilan AQŞ va YeIdan namuna olgan holda bölyapti. U yerda körilgan masalalar ham mintaqa integratsiyasi uçun katta rol öynaydigan narsalar emas.
Mintaqamiz integratsiyasidan manfaatdor tomon – AQŞ. Ya’ni mavjud kuçlarni integratsiya orqali tiyib turiş manfaatlariga töğri keladi. Lekin bunda ham muammo bor. 90-yillar oxirida Afğonistonda muammo bölgaç, Katta Markaziy Osiyo loyihasi ilgari surilib, Markaziy Osiyoning imkoniyatlari orqali Afğoniston muammosini hal qiliş taklif etilgan. Lekin loyihani amalga oşirişda kim moliyalaştirişi böyiça jiddiy qadamlar bölmadi. Demak, Markaziy Osiyoda integratsiyani amalga oşiriş uçun asosiy taşabbuskor özimiz bölişimiz kerak.
YeI pozitsiyasi ham AQŞ pozitsiyasiga yaqin. Dunyoda tartibotni özgartiriş uçun jiddiy qadamlar taşlanyapti. Bu fonda ma’lum mintaqalarga investitsiya kiritiş masalasi murakkablaşadi, şu sabab özimiz bor imkoniyatlarni işga solib harakat qilişimiz kerak.
Eng muhimi, işni nimadan boşlaş kerak, degan masala. Bizda MO hamkorligini, integratsiyasini rivojlantiriş böyiça strategiya yöq. Bu strategiya bilan milliy strategiyalar uyğunlaşişi kerak böladi. Işni şundan boşlaş kerak deb öylayman.
— Markaziy Osiyo integratsiyasi asosi nima bölişi mumkin? Transport kommunikatsiya tizimimi, xizmat körsatiş yoki energetika resurslarimi?
Kamoliddin Rabbimov: — Milliy davlatlarning tarixiy evolyutsiyasi bor. Bu nuqtai nazardan biz juda ijobiy holatdamiz, 5 ta respublikaning ham ildizi bitta. Markaziy Osiyo birlaşuvi uçun tarixiy va özlik bilan boğliq platformasi juda mustahkam. 5 ta respublikadagi aholi bitta dinga e’tiqod qiladi, bitta mazhabda, bu ham katta rol öynaydi.
Qolganlari iqtisodiyot, yagona axborot hududi. Asosiysi – siyosiy iroda va intilişlar bölişi. Milliy davlatçilik bilan boğliq millatçilik kayfiyatini pasaytiriş kerak, buning uçun hokimiyatlar, jamiyatlar ma’lum qadamlar taşlaşi lozim.
MOda haligaça yagona axborot hududi, yagona telekanallar yöq. Yevropada ham fransuz, ham nemis, italyan kabi tillarda körsatuvlar olib boriladigan kanallar bor. Şu kabi loyiha Markaziy Osiyoda yöq. Haligaça rus tilida muloqot qilamiz bir-birimiz bilan, rus OAVlarini kuzatamiz.
Til masalasi muammo bölmaydi, biz tojik tilini, ular özbek tilini örganadi. Qodiriy ham biz namozda tojik tilida niyat qilardik, deydi. Millatçilik özi yangi fenomen Markaziy Osiyo uçun.
Oybek Sirojov: — Örta turk tili degan konsepsiya bor, ya’ni turkiy tillar örtasidagi bir til. Şu nuqtai nazardan ham til masalasi asosiy muammo emas integratsiyada. Boşqa masalalarga urğu qaratiş kerak.
Tarixiy, madaniy poydevor bor. Şu asosida keyingi qalamlarda nimaga e’tibor qaratiş kerak, degan masala jiddiy. Iqtisodiy integratsiya asos böloladi. Ya’ni şu integratsiyadan foyda körişi kerak xalqlar. Keyingi vaqtlardagi yutuqlarimizdan biri özaro işonç kuçaygani. Köpçilik integratsiya muhimligini anglab yetyapti, jamiyatlarda birlaşiş kerak degan fikr bor.
Nima asos böladi, deydigan bölsak. Menimça, suv, transport koridorlari, elektr energiyasi, gaz masalalari bizni birlaştira oladi. Kuçayib borayotgan muammolar bular, mintaqaviy birlikda hal etilsa, integratsiyaga asos böloladi. Transport koridori masalasini ham hamjihatlik obektiga aylantiriş mumkin: barçada asosiy maqsad – dengizga çiqiş, şu böyiça loyihalarni birlaştiriş maqsadga muvofiq.
Şuhrat Rasul: — Gapirilsa, hamma narsa oson körinadi, lekin bu yöl olis. Har bir davlatning öz iqtisodiy siyosati bor. Masalan, Qozoğiston liberal iqtisodiyot yuritadi, Özbekiston transformatsiya jarayonida, Tojikistonda esa davlat monopoliyasi hukmron, Turkmaniston undan ham battar. Şunday şaroitda qanday iqtisodiy platformada birlaşamiz, degan masala bor.
Muammolar juda köp. Biz ayni iqtisodiy integratsiya qilamiz deganda şu muammolar örtaga çiqadi. Masalan, standartlaştiriş, sertifikatlaş, bir-biriga töğri kelmaydigan qonunlar bor. Umuman, katta iqtisodiy, siyosiy tafovutlar bor. Yöl olis, lekin şu yöl bor.
Oybek Sirojov: — YeIni olaylik, ular integratsiya boşlaganda biz aytgan muammolar ularda ham bölgan. Lekin şunday vaziyatda şu narsaga erişa oldi. Buning zamirida ilm yotadi. Töğri, jiddiy muammolarimiz bor, lekin ularni yeçsa böladi.
Eng muhim masala – katta taşqi xavf bor. Şunga qarşi birlaşmasak, har birimizga alohida xavf soladi. Bir paytlar 3 ta xonlik Çor Rossiyasi tomonidan şunday bosib olingan edi. Xatolarni takrorlamaslik kerak.
Bizning neft zavodlarimiz uçdan bir quvvatda işlayapti, adaşmasam. Qozoğiston esa neftni sotyapti, şuni kelişib, bizda qayta işlaş mumkin. Turkmanistonga çegara hududlarida katta gaz zavodlarimiz bor, Turkmaniston esa gazni Xitoyga sotyapti. Tojikistonda katta suv zaxirasi bor, Xitoy öşa yerdan içimlik suvi işlab çiqarib butun dunyoga sotiş loyihasini boşlagan, nega şuni özimiz qilolmaymiz? Mana şunday muammolarga töğri yondaşsak, hal qiliş mumkin.
Töğri, oson jarayon emas, lekin izlaniş, ilmiy tadqiqotlar orqali amalga oşiriş mumkin. Mintaqaning oldida boşqa yöl ham yöq.
— Mintaqada integratsiyani şakllantiriş uçun bugun nima qilişimiz kerak?
Kamoliddin Rabbimov: — MO maslahat kengaşi taşkilot degani emas. Real strukturaga ega bölgan, qolipga tuşgan, institutlaşgan mexanizm emas. Taşkilot tuzilmayapti va mintaqa geosiyosiy kutiş vaziyatida. Ya’ni Ukraina uruşi qanday tugaydi, Rossiyaning keyingi qadamlari qanday böladi, Tayvan böyiça Xitoy va AQŞ konflikti bölsa, oqibatlari qanday böladi, mintaqa bunga tortilmaydimi, degan masalalar davlatlarni jiddiy öylantiryapti.
Kuzatişlarga köra, mintaqa integratsion loyihalar borasida jiddiy qadamlar taşlaş niyatida emas. Putin 2030 yilgaça hokimiyatda qoladi, 2036 yilgaça ham borişi mumkin. Moskvadagi ekspertlarga quloq solsak, ular dunyoda kuçlar nisbati özgarayotgani, Ğarbda yangi avlod şakllanişi kerakligi, ya’ni AQŞ va Ğarb dunyoning qudrati emas degan tafakkurdagi avlod şakllanişi va şu jarayonda hokimiyatda Putin ötirişi kerak, degan pozitsiyani aytişyapti.
Şuhrat Rasul: — Markaziy Osiyo davlatlaridagi xalqlar milliy davlatçilik quriş jarayonidagi “öspirinlik” davridamiz. Markaziy Osiyoni birlaştirişga eng köp urinayotgan davlat – Özbekiston. Rasmiylarimiz ham, ziyolilar va ekspertlarimiz ham şuni aytişyapti. Lekin qöşni davlatlardagi ziyolilar muhitiga qarasak, bu narsa unça sezilmaydi.
Özbekistonning joylaşuvi, tarixiy mas’uliyatidan kelib çiqqan holda eng köp integratsiya tarafdorimiz. Bu narsa qöşnilarimizni qörqitib qöymasligi kerak, baribir bizga imperiya millat sifatida qaraş böladi. Lekin şunga qaramay, integratsiya uçun imkoniyat bor deb öylayman.
Oybek Sirojov: — 90-yillarda integratsiyaga harakat boşlanganida rus matbuoti “bu mintaqada kim lider” degan bahslarni qildi. Hozir ham u yoki bu körinişda davom etyapti bu narsa. Liderlikka da’vo qiliş integratsiya uçun xizmat qilmaydi. Mintaqada “katta oğa” şakllanişidan qörquv bor. Faqat taşabbuskorlik masalasi muhim böladi.
Bugungi ayni davr – mintaqada integratsiyani şakllantiriş uçun unikal imkoniyat. Global tartibot qayta şakllanişi davrida geosiyosiy kuçlar özi bilan ovora, şuning uçun qulay payt hozir. 2024 yil muhim davr, şu davrda şartnomalar tuzib, özaro kelişuvlarni amalga oşiriş kerak, deb öylayman.
Integratsiyani, mas’uliyatni zimmasiga olgan davlat uni bajarişni nazorat qiladigan siyosiy institutga ehtiyoj sezadi. Bilişimça, MO davlatlari örtasida integratsiya böyiça 400 ortiq kelişuvlar bölgan, lekin natija qanday bölganini mana muhokama qilyapmiz. Markaziy Osiyo maslahat kengaşini yangi bosqiçga kötariş masalasi – birinçi ustuvor vazifa. Keyingisi esa strategiya böladi. Strategiyasiz faoliyat umumiy, faqat maslaxatlaşuvlardan iborat bölib qoladi.
Kamoliddin Rabbimov: — Ikkita taklif aytiş mumkin. Birinçisi Markaziy Osiyoda yagona axborot hududini şakllantiriş kerak. Barçamiz Rossiya axborot hududida bölganimiz uçun u yerda nima bölayotganini bilamiz, lekin qöşni Tojikiston yo Turkmanistonda prezidentlardan boşqa heç kimni tanimaymiz. Unday bölişi kerak emas. Markaziy Osiyoda yagona axborot hududi bölişi uçun 5 ta davlatda vaqt nuqtai nazaridan teng taqsimlangan telekanal(lar) bölişi kerak.
Ikkinçisi. Jamiyatlarning bir-biri bilan begonalaşuv darajasi saqlanib qolyapti. Qandaydir platforma, forumlar kerakki, xalqlar, faollar bir-biri bilan körişib, gaplaşib, örtadagi begonalikni yöqotişi lozim. Vaqti-vaqti bilan ba’zi voqealar sabab bu begonalaşuv darajasi oşyapti. Masalan, ikki yil oldingi Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi ziddiyat begonalaşuvni kuçaytirdi.
Şu narsalarning oldini oliş, inersiyaga imkoniyat bermaslik uçun natsionalizm darajasini pasaytirib, integratsiyaga intilişni şu ikki qadamdan boşlaş kerak deb öylayman.