Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida “Damas” urib yuborgan 1-sinf öquvçisi halok böldi. Bu haqda viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, Şahrisabz şahridagi 11-maktabning 1-"B" sinf öquvçisi O. I. 2024 yil 19 aprel kuni maktabga kelgan hamda darslarga töliq qatnaşgan. Soat 12:35 larda öquvçi uyi yonidagi piyodalar yölakçasidan ötayotganda yuqori tezlikda kelayotgan “Damas” maşinasi urib yuborgan.

Öquvçi zudlik bilan Şahrisabz şahar şoşilinç tez tibbiy yordam bölimiga olib borilgan. Körsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan u vafot etgan.

Qayd etilişiça, haydovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Haydovçi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

Avvalroq, Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangan “Lasetti” ikki nafar maktab öquvçisini urib yuborgandi.

P.S. Sönggi paytlarda Qaşqadaryo viloyati IIB va YHXB axborot xizmatlari viloyat hududida sodir bölgan ölim bilan boğliq YTHlar haqida umuman ma’lumot bermasdan, ularni yaşirib kelyapti. Avvalroq, Dehqonobod tumanida sodir bölgan odam ölimi bilan boğliq YTH haqida ham Qaşqadaryo emas, Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati (!) xabar bergandi. Şahrisabzda sodir bölgan hodisa haqida ham viloyat IIB va YHXB emas, viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar bermoqda.