Özbekistonda 20 ta binoga modernizm davri obekti maqomi berildi va milliy madaniy meros obektlari röyxatiga kiritildi. Bu haqda uşbu taşabbus muallifi bölgan Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 22 aprel kuni “Moddiy madaniy meros obektlarining milliy röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” hukumat qarori qabul qilingan.

Qaror bilan, birinçi bosqiçda quyidagi önta obekt milliy röyxatga kiritilgan:

  • “Eski Juva” bozorining moviy gumbazlari (1950 yil, davlat mulki)
  • “Özbekiston” mehmonxonasi (1963-1974 yillar, xususiy mulk)
  • Davlat san’at muzeyi (1967-1974 yillar, davlat mulki)
  • “Şodlik” mehmonxonasi, şu jumladan “Ilhom” teatri binosi (1969-1975 yillar, xususiy mulk),
  • Residence Park mehmonxonasi (1975 yil, davlat mulki)
  • Toşkent telemarkazi binosi (1972-1977 yillar, davlat mulki)
  • “Kosmonavtlar” metro bekati (1972 yil, davlat mulki)
  • Kökrak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti (1975 yil, davlat mulki).
  • Aviasozlar saroyi (1976-1980 yillar, davlat mulki)
  • Quyoş instituti (1981-1987 yillar, davlat mulki)

Röyxatdagi quyidagi 10 ta obektning maqomi “modernizm obekti” deb özgartirildi:

  • Özbekiston amaliy san’at muzeyi (XIX asr, davlat mulki)
  • Alişer Navoiy nomidagi san’at saroyi (1964 yil, davlat mulki)
  • Özbekiston tarixi davlat muzeyi (1970 yil, davlat mulki)
  • “Moviy gumbazlar” kafesi (1970 yil, davlat mulki)
  • Rassomlar uyuşmasining körgazma pavilioni (1970-1974 yillar, davlat mulki)
  • Toşkent davlat sirki (1976 yil, davlat mulki)
  • “Turkiston” konsert zali va uning yozgi maydoni (1976-1993 yillar, davlat mulki)
  • “Marvarid” (Jyemçug) turar-joy majmuasi (1980-yillar boşlari, xususiy mulk)
  • Toşkent teleminorasi (1980 yil, davlat mulki)
  • “Xalqlar döstligi” saroyi (1981 yil, davlat mulki)

Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi xabariga köra, keltirib ötilgan modernistik uslubdagi binolarni YuNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş uçun nomzodnoma tayyorlanmoqda.